Page 10 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 10

1.Quruq modda va gigroskopik namlikni quritilgan namunadan  aniqlash.
                        Quruq modda va gigroskopik namlikni aniqlash o’simlik namunasini quritish
                  shkafida 100-105 C haroratda doimiy massagacha quritishga asoslangan.
                                      o
                        Ishni bajarish tartibi: Tozalab yuvilib quritish shkafida 100-105 C haroratda
                                                                                                 o
                  doimiy  massagacha  quritilgan  shisha  byuks  olinadi.  Byuks  massasi  analitik
                  tarozida  0,0001  gr  aniqlikda  tortib  olinadi.  Tekshirilayotgan  o’simlik  namunasi
                  maydalanib pergament qog’ozi ustiga yupqa qavat qilib yoyiladi. Namunaning turli
                  joyidan  byuksga  3-5  gr  miqdorda  olinadi.  Byuks  qopqog’i  yopilib  dastlab
                  texnokimyoviy tarozida, so’ng analitik tarozida namuna bilan birgalikda massasi
                  aniqlanadi.
























                                                         7-rasm. Byuks idishi

                        Byuks  qopqoqchasi  vertikal  holatda  ochiq  qoldirilib  quritishga  qoyiladi.
                                                                                                             o
                  Byuksni  quritish  shkafi  markaziga  qoyish  tavsiya  etiladi.  Quritish  100-105 C
                  haroratda  6  soat  davom  ettiriladi.  So’ng  byuks  qopqog’i  yopilib  eksikatorda
                  sovitiladi va  massasi aniqlanadi. Quritish yana 2-3 marta 2-3 soat davom ettiriladi.
                  Har  safar  byuks  massasi  o’lchanadi.  Quritish  namuna  massasi  doimiy  holga
                  kelgancha davom ettiriladi.
























                                               8-rasm. Termostat va ecsicator sovitgich
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15