Page 5 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 5
-G’o’za oziqlanishining kimyoviy tashxisi (V.V. Serling- tezkor usuli).
Mineral o’g’it turlarini sifat reaksiyalari yordamida aniqlash.
-Kompostlar tayyorlash, saqlash va qo’llash;
-Organik o’g’itlarni pahtachilikda qo’llash;
-Pahtachilikda microelementlardan foydalanish.
Qo’llanmaga kiritilgan amaliy mashg’ulotlar paxtachilikda agrokimyo nazariy
kursining asosiy qismlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, u bakalavrlarning chuqurroq
bilim olishlariga yordam beradi.
Ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan asbob-anjomlar va kimyoviy reaktivlar
royhati keltirilgan. Mashg’ulotlarni bajarishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida
talabalar turli jadvallar, ko’rgazmali qurollar, tuproq, o’g’it va g’o’za o’simligi
namunalaridan foydalanadilar.
1-Mavzu: G’O’ZA USTIDA AMALGA OSHIRILADIGAN
TAJRIBALARDAN NAMUNALAR OLISH. GIGROSKOPIK NAMLIK
VA QURUQ MODDA MIQDORINI ANIQLASH
O’simliklar tarkibini kimyoviy tahlil qilish: o’simliklarning to’g’ri oziqlanish
jarayonida mineral va organik o’g’itlarning samaradorligini oshirishda xizmat
qiladigan xususiyatlarning aniqlanishi juda muhim ahamiyatga ega .
Tahlil uchun o’z vaqtida va sifatli namuna olish o’simliklarning kimyoviy
tarkibi va hosilning sifati haqida ishonchli ma’lumotlar olish imkonini beradi.
G’o’za o’simligidan o’rtacha namunalar olish, ularni tahlilga tayyorlash agrokimyo
laboratoriyasida foydalaniladigan tahlil usullari, tegishli Davlat standartlari,
shuningdek maxsus instruksiyalar bilan belgilab berilgan.
G’o’za o’simligidan namuna olish
O’rganilayotgan tajriba muhitiga bog’liq bo’lmagan o’simliklardan masalan
o’sish nuqtasi bo’lmagan, kasallangan o’simliklardan namuna olinmaydi. Namuna
tekshirish dasturida belgilangan variantlardangina olinadi.
Agar tajriba vazifasiga ko’ra o’simliklarni o’suv davridagi oziq sarfini
o’rganish qo’llaniladigan o’g’itlarga bog’liq bo’lsa, namuna o’suv davrining asosiy
davrlarida olinadi. Masalan, birinchi chin barg chiqarganda 200-300 ta
o’simlikdan, yaganalash vaqtida asosan bir xil bo’lgan hisobdagi qatorlardan
olinadi.