Page 9 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 9

Paykalchalarda  terilgan  paxtadan  namuna  olish  uchun  uni  quritib  urug’  va
                  tolaga ajratiladi, so’ng katta qog’oz ustida yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan o’simlik
                  namunalarini  diogonal  boyicha  to’rt  bo’lakka  bo’lib,  ikkita  qarama-qarshi
                  uchburchakligi  olinadi,  qolgan  ikki  bo’lagi  aralashtiriladi,  bu  o’rtacha  namuna
                  hisoblanadi.


                        Nazorat savollari.
                        1.O’simliklarning qaysi fazalarida namunalar olinadi?
                        2.O’simlikni tahlilga tayyorlash qanday amalga oshiriladi?


                          2-Mavzu: GIGROSKOPIK NAMLIK VA QURUQ MODDA
                       MIQDORINI ANIQLASH. O’SIMLIK TARKIBIDA «XOM KUL»
                                                 MIQDORINI ANIQLASH

                                    1.O’SIMLIK TARKIBIDAGI QURUQ MODDA VA
                                                    NAMLIKNI  ANIQLASH

                        Tahlilning  mohiyati.  Odatda,  agrokimyoviy  tahlil  natijalari  mutloq  quruq
                  moddaga nisbatan aniqlanadi, qaysiki, o’simlik namunasi tarkibidagi gigroskopik
                  namlikni  aniqlashni  taqazo  etadi.  Tahlil  namunani  qizdirish  orqali  tarkibidagi
                  gigroskopik suvni yo’qotish va quruq moddani tarozida tortishga asoslangan.
                        O’simlik  mahsulotlari  tarkibidagi  quruq,  modda  miqdorini  aniqlash  muxim
                  ahamiyatga ega.
                        Mashg’ulotning  maqsadi:  O’simlik  tarkibidagi  quruq  modda  va  namlikni
                           o
                  100-105  C da quritish shkafida quritish va hisoblashdan iborat.
                        Kerakli  jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: O’simlik namunasi, tarozi, byuks,
                  tigel, eksikator, quritish shkafi.
                        O’simliklar namunasi xona harorati sharoitida quritilgan holatda ham ma’lum
                  miqdorda  gigroskopik namlik  saqlaydi. Yangi uzilgan meva-sabzavotlar tarkibida
                  70-97%,  donli,  dukkakli  don  va  moyli  ekinlar  urug’ida  7-17%  namlik  bo’ladi.
                  O’simliklar  o’suv  davri  mobaynida  quruq  modda  namlik  miqdorini  aniqlash
                  ularning yetilish muddati, yig’im terimga tayyorligini aniqlash imkonini beradi.
                        Bundan tashqari ko’pchilik ekinlarni saqlashga qoyish, saqlash davrida quruq
                  modda  va  namlik  miqdorini  kuzatib  borish  mahsulotning  buzilishi,  aynishi,
                  sifatining pasayishi oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatini
                  yaratadi.
                        Quruq  modda  va  gigroskopik  namlik  o’simliklarni  kimyoviy  analizlari
                  natijasini  absolyut  quruq  modda  holida  hamda  standart  namlikni  ifodalashda
                  foydalaniladi.
                        O’simliklar tarkibida quruq modda va namlik  2 usulda:
                        1. Maydalangan, quritilgan namunadan;
                        2. Namuna quritilmasdan to’g’ridan – to’g’ri aniqlanadi;
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14