Page 11 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 11
9-rasm. Tarozi turlari
Natijani hisoblash: Quruq modda va gigroskopik namlikning miqdorini
aniqlashda quyidagi hisoblashlar o’tkaziladi.
A- byuks massasi; g
B - byuks va namuna massasi; g
s - byuks va namunaning quritishdan so’ng massasi; g
d = s-a absolyut quruq modda massasi; g
ye = b-s gigroskopik namlik
v =b-a namuna massasi; g
Gigroskopik namlik 100 gr absolyut quruq moddaga nisbatan hisoblanadi va
quyidagi formula bilan aniqlanadi.
ye
Y = ------- 100
.
d
Quruq modda miqdori ham 100 gr namunaga nisbatan hisoblanadi.
d
.
X = ------- 100
V
2. Quritilgan va yangi uzilgan o’simlik namunalaridan quruq
modda va namlikni aniqlash
Uslubning mohiyati. O’simlik namunalari 105°C quritilganda undagi
bug’lanmagan va gigroskopik namlik ajralib chiqishi hamda massalar orasidagi
farqni o’lchash ushbu usulning asosini tashkil etadi.
Ishni bajarish tartibi. Shisha byuksga tozalab yuvilib quritilgan qumdan 5-
10 gr o’lchab olinadi va ichiga shisha tayoqcha solinib, quritish shkafida 100-
105°C haroratda 40 minut davomida quritiladi. Sovutilib 0,0001 gr aniqlikda
analitik tarozida massasi aniqlanadi.
Ayni paytda tekshirilishi lozim bo’lgan o’simlik namunalari (meva, sabzavot,
karam, kartoshka tuganagi va h) gomogenizatorda yoki qirg’ichda maydalanadi.
Bir xil holga keltirilgan o’simlik namunasidan 5-7 gr namuna byuksga solinadi.