Page 6 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 6

Rivojlanishning  qolgan  davrlarida  variantlarda  belgilangan  o’rtacha  uch
                  takrorlikdagi qatorlardan: 150 ta o’simlik bir tekisda tanlanadi va diagonal boyicha
                  3  qatorni  har  biridan  50  tadan  o’simlik  namunasi  olinadi.  Har  bir  qatorning
                  boshidagi va ohiridagi o’simliklarga yorliqlar  osib qoyiladi.























                                                   1-rasm. G’o’zaning gullash davri

                         Shonalash davrida taxminan 150 ta tanlangan o’simlik bosh poyasining boyi
                  o’lchanadi, simpodial shoxlar, shonalar soni sanaladi va o’simlik uchun o’rtacha
                  ko’rsatkich  topiladi.  Tahlil  uchun  20  ta  o’simlikning  ildiz  bo’g’zidan  (sekator

                  bilan) kesib olinadi.




















                                                       2-rasm. Tajriba maydoni

                        Gullash  davrida  ajratilgan  150  ta  o’simlikning  asosiy  poyasi  o’lchanadi,
                  gullari sanaladi. So’ngra bir o’simlik uchun o’rtacha ko’rsatkich topiladi va kamida
                  10 ta o’simlik kesib olinadi.
                        Ko’sak  tugish  davrida  oldindan  belgilangan  o’simliklar  asosiy  poyasining
                  boyi o’lchanadi, hosil ko’saklari hisoblanadi. O’rtacha ko’rsatkichga qarab kamida
                  yana 10 ta o’simlik tanlanadi.
                        O’suv  davrining  oxirida  ya’ni  g’o’za  yetilishi  oldidan,  har  bir  ajratilgan
                  maydondan kamida 10 tadan o’simlik olinadi va yorliqlar yopishtiriladi.
                        Birinchi terim oldidan tajribada belgilangan hamma o’simliklar tekshiriladi va
                  ularning paxtasi, tushgan barglari terib olinadi. Sovuq tushishi oldidan belgilangan
                  o’simliklar kesib olinadi.
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11