Page 39 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 39
MINERAL O’G’ITLAR ANIQLAGIChi
1. a) O’g’it suvda yaxshi eriydi yoki deyarli to’liq eriydi.-----------------------------------------------
b) O’g’it suvda yaxshi erimaydi -------------------------------------------------------------------------
2. a) O’g’itning suvli eritmasidan ishqor ta’sirida ammiak (NH3) ajraladi.---------------------- 3
b) O’g’it eritmasidan ishqor ta’sirida ammiak ajramaydi------------------------------------------- 6
3. a) O’g’itning suvli eritmasi kumush nitrat (AgNO3) bilan oq cho’kma hosil qiladi-------------4
b) Oq cho’kma hosil qilmaydi yoki oq rangli loyqa hosil qiladi------------------------------------ 5
4. a) Cho’kma oq rangda – o’g’it quruq, rangli oq yoki sariqsimon bo’lsa,-AMMONIY
XLORID (NH4CI)
b) Cho’kma sariq rangda -------AMMOFOS (NH4H2PO4), DIAMMOFOS ((NH4)2HPO4
5. a) O’g’it eritmasiga bariy xlorid (BaC12) ta’sir ettirilganda oq cho’kma hosil bo’ladi – o’g’it
quruq, ko’mir cho’g’ida ammiak ajraladi ---------------AMMONIY SULFAT (NH4)2SO4
b) O’g’it eritmasiga bariy xlorid ta’sir ettirilganda cho’kma hosil bo’lmaydi. Komir
cho’g’ida qaynaydi va ammiak ajraladi -----------------------AMMIAKLI SELITRA (NH4NO3)
6.a) O’g’it eritmasiga kumush nitrat (AgNO3) ta’sir ettirilganda oq cho’kma hosil bo’ladi----
b) Cho’kma hosil bo’lmaydi, loyqa hosil bo’lishi mumkin--------------------------------------8
7.a) O’git quruq, mayda kristalsimon oq yoki apel’sin rangdagi aralashma-KALIY XLORID
(KCl)
b) O’g’it oq yoki kristall qirmizi ------------------------------------------------KALIY TUZI.
v) O’g’it oq, kirmizi va ko’k rang kristall aralashmalaridan iborat-SILVINIT (KC1*
NaC1)
8. a) O’g’it eritmasi oksalat kislotasining ammoniyli tuzi ta’sirida oq cho’kma hosil qiladi-
OHAKLI SELITRA (Ca(NO3)2)
b) O’g’it eritmasi oksalat kislotasining ammoniyli tuzi ta’sirida oq cho’kma hosil qilmaydi,
loyqa bo’lishi mumkin ----------------------------------------------------------------------------- 9
9. a)O’g’it quruq,ko’mir cho’g’ida ammiak ajraladi ---------------KARBAMID CO(NH2)2
b) Quruq o’g’it, qizdirilganda ko’mir cho’g’ida ammiak ajralmaydi ------------------------10
10.a) O’g’it eritmasi bariy xlorid (BaC1)2 ta’sirida oq cho’kma hosil qiladi ------KALIY
SULFAT (K2SO4)
b) O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida cho’kma hosil qilmaydi----------------11
11.a) O’g’it quruq, mayda kristall ko’mir cho’g’ida binafsha alanga berib yonadi --KALIY
NITRAT (KNO3)
b) O’g’it kristall, nam, ko’mir cho’g’ida sariq alanga berib yonadi---- NATRIY NITRAT
(NaNO3)
12.a) Probirkadagi quruq o’g’itga xlorid kislota (HC1) yoki sirka kislota (Ca3COOH)
eritmasi tomizilganda qaynaydi va ko’piradi --------------------------------------------------------13
b) Qaynamaydi, ko’pik hosil bo’lmaydi-------------------------------------------------------14
13.a) O’g’it oq rangda yoki loysimon va kukun holda –----------------------------OHAK
14.a) O’g’it quruq, oq rangli---------------------------------------------------------------------15
b) O’g’it oq rangli emas--------------------------------------------------------------------------16
15.a) O’g’it eritmasiga kumush nitrat (AgNO3) ta’sir ettirilganda – oq cho’kma hosil
bo’ladi. Cho’kmaning ustki qatlami sarg’ish rangda ------------PRESIPITAT (CaHPO4*2H2O)
b) Cho’kmaning ustki qatlamida sariq rang bo’lmaydi --------------------------------GIPS
16. a) O’g’it to’q-kul rangda, kukunsimon yoki granulasimon, muhiti kislotali ------
SUPERFOSFAT (Ca(H2PO4)2*H2O+ 2CaSO4)
b) O’g’it kul rangda, malla rangdagi aralashmadan iborat va tuproqsimon kukun holatda ---
----------------------------------------------------------------FOSFOR UNI (Ca3(PO4)2)
IZOH: Tekshirilayotgan o’g’it namunasi aniqlagich boyicha to’g’ri aniqlanmasa,
demak siz xatolikka yo’l qoydingiz. Tahlil qaytadan qilinish kerak.