Page 41 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 41

23-rasm Go‘ng tuproq komposti

                         Ana  shunday  qavat-qavat  aralashmalar  solish  natijasida  kompostning  yer
                  ustidan balandligi 1,5 metrga yetganda kerakli miqdordagi suv bilan namlanadi va
                  uning  ustiga  15-20  santimetr  qlinlikda  tuproq  bilan  berkitiladi  va  tepasi
                  shabbalanadi  (go‘ng  bilan  tuproq  1:1  nisbatda  ikkovi  birgalikda  bo‘lganda  yoki
                  tuproq  ustiga  o‘simlik  qoldiqlari  solinganda  1:2  nisbatda  bo‘ladi).  Bu  tadbir
                  kompost  tarkibida  har  xil  jarayonlarni  jumladan  harorat  o‘zgarishi,  mezofil  va

                  termofil  mikroorganizmlarining  rivojlanishi,  oksidlanish  va  chirindi  hosil  qilish
                  jarayonlarini tezlatishga va nihoyat go‘ng tarkibidagi begona o‘t urug‘lari har xil
                  zararkunanda  hamda  gelmentlarning  tuxum,  lichinkalari  nobud  bo‘lishiga  olib
                  keladi.  Go‘ng  bilan  to‘ldirib  turishni  hisobga  olgan  holda  o‘ralarni  zaruriyat
                  yuzasidan bir nechtasini yonma-yon qilib kovlash tavsiya qilinadi. Kompostni shu
                  holatda saqlash 5-6 oy davom etadi.
                         Kompost to‘plash rejalashtirilgan fermer xo‘jalikda go‘ng solish uchun 0,2
                  gektar yer ajratilib va uning ustiga 500-600 tonna go‘ngni bir tekisda to‘shaladi,
                  ularning orasidagi qavatlarga har 1 tonna go‘ng aralashmasiga 15-20 kg hisobida
                  fosfor  o‘g‘iti  yoki  100-200  kg  past  navli  Qizilqum  fosforitlridan  (12-14%P 2O 5)
                  tas’halib,  20-25  sm  chuqurlikda  haydaladi.  Keyin  bularning  bari  diskali  borona
                  bilan ishlovdan o‘tkaziladi, yoki hammasini aralashtirishni ta’min etadigan oddiy
                  shudgorlash  plugi  bilan  qayta  haydaladi.  Pirovardida  butun  massa  aralashtirilib,
                  buldozer yordamida bir joyga to‘planadi va usti 20-25 sm qalinlikdagi tuproq bilan
                  berkitiladi.  Agar  aralashmaning  namligi  yetarli  bo‘lmasa,  u  holda  tayyorlangan
                  uyumlar ustidan go‘ng suyuqligi yoki zaruratga qarab suv quyiladi. Shunday bir
                  uyumdan 4-5 oy ichida 1000-1200 tonna kompost tayyorlash mumkin.
                         Qoramol  yoki  parranda  go‘ngi+daraxt  bargi  (hazon)  +fosforli  o‘g‘itlar
                  asosida  kompost  tayyorlash  va  saqlashda  eng  samarali  usullardan  biri  bo‘lgan
                  handak va go‘ngxonalarda foydalanish mumkin.
                         Qoramol go‘ngi va daraxt bargi 1:1 nisbatda, parranda go‘ngi va daraxt bargi
                  1:3  nisbatda,  parranda,  qoramol  go‘ngi  va  daraxt  barglari  birgalikda  bo‘lganda
                  1:2.5:2,5  nisbatda  hamda  fosforli  o‘g‘itidan  (nitrokalsiyfosfat  (NKFU),  nitrofos
                  yoki suprefos) o‘g‘itidan kompost massasiga 1,5% nisbatda solib (qavatma-qavat),
   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46