Page 45 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 45

berishda, sug‘orishda xalaqit beradi. Shu sababli go‘ng bilan aralashtirib, organik
                  massa hosil qilinadi (25-rasm).


























                   25-rasm. Xandaqqa 1:1 nisbatda  go‘ng  va  g‘o‘zapoyani aralashtirib  solish

                         Go‘ng-g‘o‘zapoyali noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash uchun eni, bo‘yi 2,0-2,5
                  m, chuqurligi 0,5-0,7 m bo‘lgan xandaq kovlanadi. Xandaqqa 1:1 nisbatda  go‘ng
                  va  g‘o‘zapoya  aralashtirilib  solinadi. Xandaqning usti  tuproq  bilan  ko‘miladi.
                  Ko‘mmaning ustidan issiq kunlari suv sepib turiladi. Ikki-uch oy ichida qoramtir
                  tusli, sochiluvchan organik  massa, ya’ni noan’anaviy  o‘g‘it  tayyor  bo‘ladi.  Shu
                  asnoda tayyorlangan o‘g‘itni qo‘llash juda samarali  va  qulay   xisoblanadi.
                         Go‘ng+somonli  noan’anaviy  o‘g‘it  tayyorlash.  Hozirgi  kunda  bug‘doy
                  o‘rilgandan  so‘ng  dalalarda  ma’lum  miqdorda  somon  qolib  ketadi.  Shudgor
                  vaqtida  tuproq  bilan  yaxshi  aralashib  ketmasligi  sababli,  somon  chala  chirib,
                  tuproqda organik massa xosil bo‘lishida to‘liq ishtirok etmaydi. Bu chiqindilardan
                  oqilona  foydalanish  uchun  dalaning  o‘zida  somonli  o‘g‘it  tayyorlash  lozim.
                  Go‘ng+somonli  o‘g‘it  tayyorlash  uchun  eni  va  bo‘yi  2,0-2,5  m,  chuqurligi  0,5-
                  0,7m  bo‘lgan  xandaq  kovlanadi.  Xandaqqa  1:1  nisbatda  go‘ng  va  somon
                  aralashtirilib solinadi (26-rasm).























                        26-rasm. Xandaqqa 1:1 nisbatda go‘ng va somon aralashtirib solish
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50