Page 50 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 50

31-rasm. Kompost materiallari kvadrat shakldagi yog‘och yashiklarga

                         Qoldiqlarni  tashlashda  davom  etiladi,  har  bir  qatlamdan  keyin  15  sm
                  qalinlikda  go‘ng  yoyib,  biroz  suv  sepib  borilsa  yaxshi  natija  beradi.  Bir  necha
                  kundan keyin kompost uyumini ushlab ko‘rilsa, uning isiy boshlaganiga ishonch
                  hosil qilinadi.
                         Kompost uyumi yerdan taxminan 1,5 m ko‘tarilgach, 2 sm li tuproq qatlami
                  bilan yopiladi. Yomg‘ir va qor suvi kirmasligi uchun uyum ustini yaxshilab yopib
                  qo‘yiladi. 20 kundan keyin kompost uyumini ehtiyotkorlik bilan ag‘darib, bunda
                  hali chirib ulgurmagan organik moddalarning uyum o‘rtasida qolishiga ahamiyat
                  berish lozim.

                  Nazorat savollari:
                  1. Xo‘jalikda mahalliy o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj qanday aniqlanadi.
                  2. Go‘ng va kompost tayyorlash rejasi qanday tuziladi.
                  3. Mahalliy o‘g‘itlarga o‘simliklarni talabini aniqlashning asoslari.

                         9-Mavzu: ORGANIK O’G’ITLARNI PAXTACHILIKDA QO’LLASH
                                                              Reja:
                  1.Organik o‘g‘itlarni dehqonchilikdagi ahamiyati.
                  2. Organik o‘g‘itlarni turlari va olinishi.
                  3. Organik o‘g‘itlarni qo‘llash muddati, miqdori va usullari

                         1. Organik o‘g‘itlarga go‘ng, torf, go‘ng shaltog‘i, parranda qiyi, najas, turli
                  xil kompostlar, biogumuslar va ko‘kat o‘g‘itlar kiradi.  Organik o‘g‘itlar tarkibida
                  azot,  fosfor,  kaliy,  kalsiy  va  g‘o‘zaning  oziqlanishi  uchun  kerakli  boshqa
                  moddalar,  shuningdek,  tuproqning  xossalariga  ijobiy  ta’sir  etadigan  organik
                  moddalar bo‘ladi.
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55