Page 49 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 49
Qoramollar 1,5 0,8 1,2 18,0 6,4
Otlar 0,2 0,5 0,1 1,5 0,5
Cho‘chqalar 1,0 0,2 0,2 0,2 0,07
Qo‘y va 5,0 0,1 0,5 0,5 0,18
echkilar
Tovuqlar 50,0 0,001 0,05 1,0 0,36
Jami: - - - - 7,51
Xo‘jaliklarda rejasiga binoan, mahalliy o‘g‘itlar birinchi navbatda eskidan
haydalib, ko‘p yillardan beri bir xil ekin ekilib kelinayotgan maydonlarga solinishi
kerak. Bedapoya haydalgandan keyin g‘o‘za ekini ekilgan maydonlarga to‘rtinchi
yili, qolgan maydonlarga ikki-uch yilda bir marta qo‘llash tavsiya etiladi.
G‘o‘za va boshqa ekinlarning gektariga 20-30 tonna go‘ng yoki organo-
ma’dan kompostlardan 30-40 tonna meyorda sho‘rlanmagan va kuchsiz
sho‘rlangan yerlarga kuzgi shudgor oldidan, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan
maydonlarga yerni ekishga tayyorlash oldidan ROU-5, ROU-6, PRT-10, PRT-16
va boshqa go‘ng sochar moslamalar yordamida solinadi.
Tayyor kampostlar dalaga olib chiqilganidan keyin tezroq tuproqqa solish
choralarini solish kerak. To‘la chiritilgan quritilgan va elangan go‘ng yoki
kompostlarni g‘o‘zaning o‘suv davrida ma’dan o‘g‘itlar 1 kg azot o‘g‘iti hisobiga
2-2,5 kg go‘ng bilan qo‘shib ishlatish ham yaxshi foyda beradi. Shunday
qilinganda hosildorlik gektariga 2-3 s ortadi. Mahalliy va ma’dan o‘g‘itlar qo‘shib
berilganda o‘g‘itlar tarkibidagi oziqa unsurlaridan foydalanish koeffitsienti ortadi.
Xo‘jalik mutaxassislari, fermer va dehqonlar kompost tayyorlashda mazkur
tavsiyalarga amal qilsalar ziroatlardan yuqori va sifatli hosil etishtirish
ta’minlanadi hamda eng muhimi tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga
erishiladi.
*Kompost materiallari ko‘pincha kvadrat shakldagi yog‘och yashiklarga
solinadi. Uning tomonlari 1-1,5 m, balandligi taxminan 1 m bo‘lishi mumkin.
Unga qoqilgan taxtalarning oralig‘i taxminan 1sm bo‘lishi kerak. Agar taxta yo‘q
bo‘lsa, kompost uyumini ekin dalasining bir burchagida joylashtirish mumkin.
Buning uchun 1 kv/m joy talab qilinadi. Organik chiqitlar shu erga to‘kiladi.
Daraxt yaproqlari, to‘kilgan mevalar, ekinzordan yig‘ishtirib olingan o‘simliklar,
meva-sabzavot po‘choqlari va oziq-ovqat qoldiqlarini taxminan 15 sm qalinlikda
taxlab, hosil bo‘lgan qatlam ustiga taxminan 5sm qalinlikda go‘ng tashlanadi.
Go‘ngdan so‘ng 3sm qalinlikda tuproq yoyiladi. Har bir qatlamda namlik etarli
bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Zarurat bo‘lsa, suv sepilishi mumkin.