Page 44 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 44
Biogumus: Qizil Koliforniya (AQSH) chuvalchanglari yordamida, ya’ni
vermikultura usuli bilan turli xil organik o‘g‘itlarni (qoramol go‘ngi, parranda qiyi,
shahar chiqindilari va boshqalar) qayta ishlanib oziqa moddalarga, boyitilgan o‘g‘it
chuvlchang komposti yoki biogumus (vermigum) deb ataladi.
24-rasm Biogumus
Uning tarkibida: 40-60% quruq modda, 30-35% organik modda, 10-12%
gumus, 0,8-3,0% umumiy azot, 1,3-2,0% fosfor, 1,2-3,0% kaliy, 0,6-2,5% temir,
0,6-2,3% magniy, 4,5-8,0% kalsiy, 3-5,1 mg/kg mis, 60-80 mg/kg marganets, 28-
36 mg/kg rux bo‘ladi.
B.I.Niyazaliev va O.Karimovlar tomonidan olib borilgan tadqiqot
natijalariga ko‘ra , biogumusning gektariga 10 va 15 tonna meyori alohida yoki
mineral o‘g‘itlar (N 150P 100K 75 va N 200P 150K 100 kg/ga) bilan birgalikda qo‘llanilganda
tuproq va o‘simlikning agrokimyoviy xususiyatlariga ta’siri va so‘nggi ta’siri
aniqlangan va bu gektaridan 2-3 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishni ta’minlaydi.
Biogumus kuzgi shudgor oldidan gektariga 10 tonna meyorida uch yilda bir marta
qo‘llaniladi. Biogumus solingan yili qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar meyorini 20-
25 foizga tejash mumkin.
Sifatli o‘g‘it olish uchun 1 metr kvadrat maydon uchun 15-25 mingta
chuvalchandan foydaliniladi. Agar sizning kompostingizda azot miqdori kam
bo‘lsa unda kansentratsiyasi 5% dan ko‘p bo‘lmagan mochevina aralashtirish
mumkin va bu, ozuqa vodorod ionlarining aktivligini taminlaydi.
Qo‘llanish holatlari: Tuproqni yuqori qatlami bilan aralashtirish yoki
torfni 1:3 nisbatida chiqarib olish. Biogumus asosan urug‘larni o‘g‘itlash uchun
ishlatiladi. Qurug‘ biogumusni bog‘ tuprog‘i bilan 2:1 nisbatda aralashtishingiz
kerak bo‘ladi.
Hususiyatlari: tarkib nazariyasidan qaraganda biogumus boshqa
o‘g‘itlardan 4-8 barobar kuchli; tuproq zichligini kamaytiradi; tuproq
unumdorligini oshiradi; tuproqni organik qorishmalar bilan boyitadi; tuproqning
mikro floralariga ijobiy tasir ko‘rsatadi; mikro organik ozuqalar miqdorini keskin
oshiradi; namlikni yaxshi saqlaydi; mexanik jixatdan kuchli granulalardan tashkil
topgan; o‘simliklarning o‘sish qobilyatini 11 – 24% ga oshiradi; tuproq
unumdorligi 15 – 25% kuchayadi; eng muhimi hosil 2 hafta oldin tayyor bo‘ladi.
Go‘ng-g‘o‘zapoyali noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash. G‘o‘zapoyadan o‘g‘it
sifatida foydalanish dexqonchilikda shudgor qilishda, qator oralariga ishlov