Page 47 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 47

28-rasm. Handaqda 1:1 nisbatda go‘ng va kanalizatsiya
                              oqavasining qattiq qismidan noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash.

                         Go‘ng+daraxt bargidan noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash. Bizga ma’lumki,
                  kuzda  to‘kilgan    daraxt  barglari  tarkibida  o‘simlik  uchun  zarur  bo‘lgan  oziq
                  moddalar  mavjud.  Go‘ng+daraxt  bargidan  o‘g‘it  tayyorlash  uchun  eni  va  bo‘yi
                  2,0-2,5 m, chuqurligi 0,5-0,7m bo‘lgan xandaq kovlanadi. Xandaqqa 1:1 nisbatda
                  go‘ng va daraxt bargidan aralashtirilib solinadi (29-rasm).



























                     29-rasm. Xandaqqa 1:1 nisbatda go‘ng va daraxt bargi aralashtirib solish

                         Xandaqning usti tuproq bilan ko‘miladi. Ko‘mmaning ustidan issiq kunlari
                  suv sepib turiladi. Uch oy ichida sochiluvchan organik massa, ya’ni noan’anaviy
                  o‘g‘it  tayyor  bo‘ladi.  Shu  asnoda  tayyorlangan  o‘g‘it  tuproq  bilan  yaxshi
                  aralashadi. Bu massa qo‘llash uchun juda samarali va qulay  hisoblanadi.
                         Go‘ng+go‘ng shaltog‘idan noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash. Dehqonchilikda
                  go‘ng+go‘ng  shaltog‘idan  tayyorlanadigan  organik    o‘g‘itlardan  xam  keng
                  foydalaniladi. Go‘ng+go‘ng shaltog‘idan o‘g‘it tayyorlash uchun eni, bo‘yi 2,0-2,5
                  m, chuqurligi 0,5-0,7m bo‘lgan xandaq kovlanadi. Xandaqqa 1:1 nisbatda go‘ng va
                  go‘ng shaltog‘idan aralashtirilib  solinadi (30-rasm).
   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51   52