Page 42 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 42
ustiga 15-20 sm qalinlikda tuproq bilan shibbalab berkitish va 5-6 oy saqlash
tavsiya qilinadi.
Parranda ahlati: organik o‘g‘iti sifatida tarkibi ozuqa elementlariga boy,
o‘simliklarga tez ta’sir qiluvchi, qimmatbaho mahalliy o‘g‘itdir. Yil davomida
tovuqdan 6-7 kg, o‘rdakdan 7-9, g‘ozdan 10-12 kg axlat to‘planadi. Suyuq
ahlatdagi umumiy azotning 30-50% ammiakli azotdir. Parranda ahlati katta
uyumlarda saqlanganda u tez orada qiziydi (isiydi) va undagi ammiak jadal uchib
ketadi. Olti oy saqlash natijasida parranda axlati tarkibidagi azotning yarmi va
undan ham ko‘p qismi yo‘qoladi. Qish paytida axlat uyumlari tez-tez muzlab va
erib turishi natijasida ko‘p azot yo‘qoladi. Azotning mana shunday yo‘qolishining
oldini olish yoki kamaytirish uchun uyum ustini axlat hajmidan 7-10% superfosfat
bilan qoplab yopish tavsiya qilinadi. Superfosfat o‘rniga 30 foiz gacha tuproq
ishlatish mumkin. Ko‘pgina parrandachilik fabrikalarida to‘shama sifatida daraxt
qipig‘i ishlatiladi. To‘shamasiz yig‘ilgan yangi parranda ahlatini yuqori haroratda
o
(600-800 C) tezda quritish mumkin. Mana shunday quritilgan axlat o‘z tarkibida 4-
6% N, 2-3%P, 2-2,5% K saqlaydi va unda yoqimsiz hid bo‘lmaydi. Parranda qiyi
quruq holda 3,4% N, 1,6% P, 1,8% K bo‘lishi mumkin. Quruq ahlat uzoq
saqlanishi mumkin. Yarim yil ichida ahlatdan 4-11% organik modda, 2-8% azot
yo‘qoladi. Ho‘l parranda go‘ngini gektariga 6-12 tonna solinadi. Namligi 60,80-
65,70% bo‘lganda 1,50-1,65% N, 0,87-1,00% P, 0,58-0,62% K, namligi 75%
bo‘lganda, 1,5% N, 1,4% P, 0,5-0,9% K bo‘ladi.
Go‘ng-fosforli noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash. Bu turdagi noan’anaviy
o‘g‘itlar bevosita ekin maydonlariga yaqin yerlarda tayyorlanadi. Buning uchun
50-60 sm chuqurlikda kompost tayyorlash o‘rasi kovlanadi. O‘raga 30-40 sm
qalinlikda go‘ng tashlanadi va ustiga 200-300 kg superfosfat sochiladi. Agar
go‘ng quruq holatda bo‘lsa, ma’lum miqdorda suv solib namlanadi.
Superfosfatning yirik kesakchalari oldindan maydalanishi lozim. So‘ngra 15-20 sm
qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. Buning uchun o‘ra kovlash paytida olingan
tuproqdan foydalaniladi. Agar ko‘hna devor qoldiqlari yoki uzoq muddat quyosh
ta’sirida qizib yotgan zovur tuproqlari ishlatilsa, noan’anaviy o‘g‘itning sifati
yanada yaxshi bo‘ladi. Tuproq ustidan bir qatlam go‘ng shaltog‘i tashlanadi. Shu
taxlit uyumning balandligi 2,0-2,5 m ga etkaziladi, usti 10-15 sm qalinlikda somon
va yupqa (10 sm chamasi) tuproq bilan qoplanadi.
Kompostlash jarayonida uyumdagi jinslarni aralashtirishga alohida e’tibor
beriladi. Aralashtirilmaganlari yaxshi chirimaydi, tabiiyki, fosfor o‘simliklar uchun
kam layoqatliligicha qolib ketadi. Aralashtirish chizel yoki yuklash mexanizmining
cho‘michi yordamida bajarilishi mumkin. Aralashma 100-120 kundan keyin
belkurak yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Yetilgan o‘g‘it sochiluvchan, bir
jinsli bo‘lib, qoramtir-jigarrang tusda bo‘ladi.
Najasli-tuproqli noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash. Dehqonchilikda najasdan
tayyorlanadigan noan’anaviy o‘g‘itlardan ham keng foydalaniladi. Najasning
o‘zini ko‘p ekinlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatish sanitariya-gigiena
nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Najasli-tuproqli o‘g‘it tayyorlash uchun eni va
bo‘yi 2,0-2,5 m, chuqurligi 0,5-0,7 m bo‘lgan xandaq kovlanadi. Unga bir qatlam
najas, bir qatlam tuproq navbat bilan tashlanadi (1t najasga 1t tuproq to‘g‘ri kelishi