Page 46 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 46
Xandaq tuproq bilan ko‘miladi. Ko‘mmaning ustidan issiq kunlari suv
sepib turiladi. Uch oy ichida sochiluvchan organik massa, ya’ni o‘g‘it tayyor
bo‘ladi. Shu asnoda tayyorlangan o‘g‘it tuproq bilan yaxshi aralashadi. Bu
noan’anaviy o‘g‘it qo‘llash uchun juda samarali va qulay xisoblanadi.
Go‘ng+il (chuchuk suv havzalaridagi cho‘kindi loyqa) li noan’anaviy
o‘g‘it tayyorlash. Il tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq elementlar
mavjud. Shu sababli uni go‘ng bilan aralashtirib, organik massa, ya’ni kompost
tayyorlash va qo‘llash yaxshi samara beradi. Go‘ng+illi kompost tayyorlash uchun
eni va bo‘yi 2,0-2,5 m, chuqurligi 0,5-0,7 m bo‘lgan xandaq kovlanadi. Xandaqqa
1:1 nisbatda go‘ng va il aralashtirilib solinadi (27-rasm). Usti tuproq bilan
ko‘miladi. Ko‘mmaning ustidan issiq kunlari suv sepib turiladi. Uch oy ichida
organik massa, ya’ni o‘g‘it tayyor bo‘ladi. Bunday tayyorlangan o‘g‘it qo‘llash
uchun juda qulay hisoblanadi.
27-rasm. Xandaqqa 1:1 nisbatda go‘ng va chuchuk suv loyqasini
aralashtirib solish
Go‘ng+kanalizatsiya oqavasining qattiq qismidan
noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash. Dehqonchilikda go‘ng+kanalizatsiya oqavasining
qattiq qismidan tayyorlanadigan noan’anaviy o‘g‘itlardan ham keng foydalaniladi.
ko‘p ekinlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatish sanitariya-gigiena nuqtai
nazaridan tavsiya etilmaydi. Go‘ng+kanalizatsiya oqavasining qattiq qismidan
noan’anaviy o‘g‘it tayyorlash uchun eni va bo‘yi 2,0-2,5 m, chuqurligi 0,5-0,7 m
bo‘lgan xandaq kovlanadi. Xandaqqa 1:1 nisbatda go‘ng va kanalizatsiya
oqavasining qattiq qismi aralashtirilib, solinadi (28-rasm). Usti tuproq bilan
ko‘miladi. Ko‘mmaning ustidan issiq kunlari suv sepib turiladi. Ikki-uch oy ichida
kanalizatsiya oqavasining qattiq qismi tarkibidagi badbo‘y xiddan xoli, qoramtir
tusli, donador va sochiluvchan organik massa, ya’ni o‘g‘it tayyor bo‘ladi.
Go‘ng+kanalizatsiya oqavasining qattiq qismidan tayyorlangan o‘g‘it a’lo
sifatlidir.