Page 51 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 51

Organik  o‘g‘itlar  ichida  asosiysi  go‘ng  hisoblanadi.  Uning  tarkibida
                  o‘simliklar  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  asosiy  oziq  moddalar  bo‘ladi,  shuning
                  uchun ham u to‘liq o‘g‘it deyiladi.
                         G‘o‘za  hosildorligi  qo‘llaniladigan  go‘ngning  miqdori  va  sifatiga,  uni
                  qanchalik to‘g‘ri saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Go‘ng erga solingan birinchi yilgina
                  emas, balki undan keyingi yillarda ham ekinlar hosilini oshiradi.
                         Go‘ngning  ana  shu  ulkan  ahamiyati  hisobga  olgan  rus  olimi
                  D.N.Pryanishnikov  “mamlakatda  mineral  o‘g‘itlar  qanchalik  ko‘p  ishlab
                  chiqarilmasin,  go‘ng  hech  qachon  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmaydi,  qishloq
                  xo‘jaligida asosiy o‘g‘itlardan biri bo‘lib qolaveradi”, deb yozgan edi.
                         2.  Chorva  mollarni boqish  texnologiyasiga  qarab, to‘shamali, to‘shamasiz,
                  yarim suyuq va suyuq go‘nglar farq qilinib ular bir biridan tarkibiga, saqlash va
                  foydalanish usullariga qarab farq qiladi.
                         To‘shamali go‘ng chorva hayvonlarining qattiq (go‘ngi) va suyuq (siydigi)
                  ajratmalaridan hamda uning ostiga solingan to‘shamadan iborat. Go‘ngning tarkibi
                  va  o‘g‘itlik  qimmati  chorva  mollarining  turiga,  ularga  beriladigan  em-xashak
                  tarkibiga,  to‘shamaning  sifati  va  miqdoriga  hamda  go‘ngning  saqlash  usuliga
                  bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning qattiq va suyuq holdagi ajratmalari tarkibi, o‘g‘itlik
                  sifati jihatidan ham keng qimmatli emas. Suyuq ajratmalarda azot (0,4-1,9%) va
                  kaliy (0,5-2,3%) qattiq holdagi ajratmalardagiga (azot 0,3-0,6 va 0,1-0,3% K2O)
                  nisbatan ko‘p bo‘ladi, fosfor esa aksincha, qattiq holdagi ajratmadi. Suyuq holdagi
                  (0,7-0,1%)  qaraganda  ko‘proq  (0,17-0,41%)  bo‘ladi.  Chorva  mollari  tomonidan
                  iste’mol  qilinadigan  em  xashakdan  go‘ngga  o‘rta  hisobda  organik  moddalarning
                  40% i, azotning 50% i, fosforning 80% i, kaliyning 95% i o‘tadi.
                         Hayvonlar  ostiga  to‘shama  sifatida  somon,  poxol,  kamroq  holatlarda
                  yog‘och  qirindisi  hamda  qipiqlardan  foydalaniladi.To‘shamalar  solish  miqdori

                  sutkasiga har bir yirik qoramol uchun 4-6 kg, otlar uchun 2-4, qo‘ylar uchun 0,5-1
                  kg hisoblanadi.
                         Go‘ng qanchalik sersomon bo‘lsa, uning tarkibida azotsiz organik moddalar
                  ko‘p  bo‘ladi.  Unga  havo  kirib  qolgudek  bo‘lsa,  go‘ng  karbonat  angidrid  va
                                                                           o
                  suvgacha  parchalanib  bunda  temperatura  50-70 S  gacha  ko‘tariladi.  Anaerob
                  sharoitda esa kletchatka parchalanib karbonat angidrid va metan hosil qiladi.
                         Yangi  go‘ng  3-5  oy  saqlangandan  keyingina  yarim  chirigan  holga  keladi.
                  Go‘ng  tig‘iz  usulda  saqlanganda  go‘ng  tarkibidagi  azotning  nobud  bo‘lishi
                  nisbatan  kam  bo‘ladi.  Tig‘iz  holda  saqlangan  go‘ng  tarkibida  ammiakli  azot
                  miqdori  ancha  ko‘p  bo‘lib  uning  samaradorligi  ham  boshqa  usulda  saqlangan
                  go‘ngnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
                                                                                                     12-jadval
                    Go‘ng turli xil usulda saqlanganda nobud bo‘ladigan organik moddalar va
                            azot miqdori, yangi go‘ng tarkibidagi miqdoriga nisbatan, %

                     Go‘ngni saqlash usuli          Somon to‘shamali go‘ngni saqlashda nobud bo‘lishi
                                                        Organik modda                         Azot
                  ZICH                                         326                            31,4
                  ZICH-G’OVAK                                 24,6                            21,6
   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56