Page 48 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 48

30-rasm. Xandaqqa 1:1 nisbatda go‘ng va go‘ng shaltog‘i aralashtirib solish

                         Xandaqning  usti    tuproq    bilan    ko‘miladi.  Ko‘mmaning    ustidan  issiq
                  kunlari  suv  sepib  turiladi.  Ikki-uch  oy  ichida  go‘ng  shaltog‘idan  qora  tusli,
                  donador,  va  sochiluvchan  organik  massa  tayyor  bo‘ladi.  Bunday  tayyorlangan
                  o‘g‘it sifatlidir.
                                           Organo-ma’dan kompostlarni yerga solish
                         Xo‘jaliklarda  mahalliy  o‘g‘itlarni  qo‘llash  rejasini  tuzishdan  avval
                  tayyorlanayotgan go‘ng va kompostlarning miqdorini aniqlash kerak.
                         Go‘ngni to‘plash imkoniyatini aniqlashda bir kecha kunduzda har bosh mol
                  va parranda hisobiga qancha go‘ng to‘g‘ri kelishini aniq belgilash uchun quyidagi
                  o‘lchovlardan  foydalanish  mumkin:  Mol  tagiga  quruqlik  to‘shalgan  go‘ng:
                  Qoramol-15  kilogramm,  Ot-15  kilogramm,  Qo‘y  va  echkilar-1,0  kilogramm,
                  Cho‘chqa-1,0 kilogramm, Parranda-20 gramm.
                         Tagiga quruqlik to‘shalmagan mol go‘ngi (namligi 95 foiz);
                         Buqa-40 kilogramm,  Sigir-55  kilogramm,  G‘unajin-27  kilogramm, Buzoq-
                  26 kilogramm, O‘n ikki oylikdan katta bo‘lgan buzoq-35 kilogramm.
                         Har  bosh  mol  hisobiga  go‘ng  jamg‘arish  rejasi  avvalo  xo‘jaliklarda
                  boqilayotgan  qoramollarga  yaratilgan  sharoitga,  ozuqa  bilan  ta’minlanishiga,
                  molxonada qancha vaqt boqilishiga qarab belgilanadi.
                         Go‘ng to‘plash rejasi       -jadvalda keltirilgan shakl bo‘yicha tuziladi. Bunda
                  mollarning haqiqiy sonini muvofiq keladigan koeffitsientga ko‘paytirish yo‘li bilan
                  shartli  bosh  topiladi.  Yillik  to‘planadigan  go‘ng  miqdori  kunlik  to‘planadigan
                  go‘ng  miqdori  kunlik  to‘planadigan  go‘ng  miqdorini  molxonalarda  saqlangan
                  davrga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
                                                                                                     11-Jadval

                                         Yil bo‘yi go‘ngi to‘plashni hisoblash ko‘rsatkichi
                     Mollar        Bosh soni         Shartli      Shartli bosh  Bir sutkada         Bir yilda
                   parrandalar  (ming bosh)          boshga       (ming bosh)  olinadigan          to‘plangan
                       turi                         o‘tkazish                        go‘ng           go‘ng
                                                  koeffitsienti                      (tonna)         (ming
                                                                                                     tonna)
   43   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53