Page 43 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 43

kerak). Usti somon, torf yoki xashak bilan ko‘miladi. Handaq ichidagi massa har 3
                  haftada yaxshilab aralashtirib turiladi. Ikki-uch oy ichida najasning badbuy hididan
                  holi bo‘lgan qoramtir tusli, donador va sochiluvchan o‘g‘it tayyor bo‘ladi. Najasli-
                  tuproqli noan’anaviy o‘g‘it a’lo sifatli mahalliy o‘g‘it bo‘lib, 12-15 t/ga meyorida
                  qo‘llaniladi.
                         Aralash  noan’anaviy  o‘g‘itlar  tayyorlashda,  go‘ng,  somon,  hazonlar,
                  chuchuk suv havzalarining loyqalari, fosforli o‘g‘it, shahar chiqindilari va boshqa
                  axlatlardan foydalanish mumkin.
                         G‘o‘zapoya:  Daladan  paxta  hosili  yig‘ib-terib  olingandan  keyin  qolgan
                  g‘o‘zapoyani  organik  o‘g‘it  sifatida  maydalab  haydab  yuborish  mumkin.  Ilgari
                  hosil  yig‘ib  olinganidan  keyin  qolgan  g‘o‘zapoya  qishloqlarda,  aholi  tomonidan
                  o‘tin sifatida ishlatilar edi.  Hozirgi vaqtda ko‘plab qishloqlar gazlashtirilgan, lekin
                  ayrim joylarda o‘tin sifatida hali ham ishlatiladi.
                         Injener  mutaxassislar  g‘o‘zapoyadan  qurilish  materiallari  tayyorlashni
                  o‘zlashtirib  oldilar.  Qishloqlarda  aholi  va  ishchi  kuchi  kam  bo‘lgan
                  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent
                  viloyatlarining  erlarida  g‘o‘zapoya  hayodab  yuborilmoqda,  Kuzda  g‘o‘zapoya
                  orasiga  kuzgi  bug‘doy  ekilgan  erlarda  g‘o‘zapoya  qoladi,  keyinchalik  maydalab
                  yuboriladi.
                         G‘o‘zapoyani  organik  o‘g‘it  sifatida  ishlatish  masalasi  ilgarilari  ham
                  tekshirilib, F.A.Skryabin (1970) fikricha g‘o‘zapoyani haydab yuborish natijasi bir
                  xil bo‘lmasligi, tuproq-iqlim sharoitlari, agrotexnika usullari va boshqa sabablarga
                  bog‘liqligi  aniqlangan.  Chunki,  g‘o‘zapoya  haydab  yuborilgan  maydonlarda,
                  ko‘pchilik hollarda, so‘ngi yili yana paxta hosili oshgan. Ayrim hollarda aksincha
                  kamaygan. Bu tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lishi ko‘rsatib
                  o‘tilgan.

                         G.I. Yarovenko (1960) va B.M.Bodrov (1972) tajribalarida g‘o‘zapoya har
                  yili  haydab  yuborilishi  (mineral  o‘g‘itlar  qo‘llash  muhitida)  natijasida  tuproq
                  tarkibida  organik  uglerod  va  oziqa  elementlarining  umumiy  miqdori  ko‘paygan,
                  harakatchan  oziqa  elementlari  (nitratli  azot,  harakatchan  fosfor,  almashinuvchi
                  kaliy) ham ijobiy tomonga o‘zgargan. Tuproq harorati ko‘tarilib isishi natijasida
                  biologik jarayonlarni jadallashganligi aniqlangan.
                         Shuningdek,  olib  borilgan  izlanish  natijalariga  ko‘ra,  g‘o‘zapoyadan  1  ga
                  maydondan  chiqadigan  organik  massa  6-7  tonnani  tashkil  etadi.  Respublika
                  bo‘yicha  jami  1  mln.  ikki  yuz  ellik  besh  ming  gektar  g‘o‘za  etishtirilgan
                  maydondan g‘o‘zapoya organik massasi 7,5-8,7 mln. Tonnani tashkil etadi. 1 tonna
                  g‘o‘zapoya tarkibida azot miqdori 7-9 kg ni, fosfor 2-3 kg ni, kaliy esa 10-15 kg ni
                  tashkil etadi. Agar 1 ga maydondan 6-7 tonna g‘o‘zapoya olinsa, bu g‘o‘zapoya
                  tarkibida 42-63 kg azot, 12-21 kg fosfor va 60-105 kg kaliyni tashkil etadi.
                         Tuproqdan  1  ga  maydondan  chiqadigan  g‘o‘zapoya  miqdori  hamda
                  g‘o‘zapoya  bilan  chiqib  ketadigan  oziqa  moddalar  miqdoriga  tuproq  xususiyati,
                  g‘o‘za  navlari,  ko‘chat  qalinligi,  shu  dalada  ishlatilgan  mineral  va  organik
                  o‘g‘itlarning  yillik  meyori  hamda  olingan  paxta  hosilining  ko‘p-ozligi  ta’sir
                  ko‘rsatadi.
   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47   48