Page 40 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 40
8-Mavzu: KOMPOSTLAR TAYYORLASH, SAQLASH VA
QO’LLASH
Reja
1.Kompostlarni tayyorlash va ulardan foydalanishning ilmiy asoslari.
2.Organo-mineral kompostlar tayyorlash.
3.Organo-ma’dan kompostlarni yerga solish
Organo-mineral kompostlar tayyorlash: Organo-mineral kompostlar
tayyorlashda organik o‘g‘itlarning og‘irlik miqdorini va nisbatlarini belgilashda
har biri uchun alohida-alohida ular tarkibidagi o‘rtacha oziqa moddalar (N, P, K)
miqdoriga qarab tenglashtirib olinadi.
Organik o‘g‘itlardan kompost tayyorlashda kompostlarning og‘irligiga
nisbatan 1-2% miqdorida fosforli o‘g‘itlar yoki 1 tonna organik o‘g‘itlarga 15-20
kg fosfor solib kompost tayyorlansa, kompost tarkibidagi oziqa moddalarni,
ayniqsa azotni yo‘qolishi kamayadi va fosforni o‘simlik oson o‘zlashtiradi.
Fosforli o‘g‘itlar qo‘shilgan bunday kompostlar solinadigan dalalarga alohida
fosfor va kaliy o‘g‘itlarni tuproqqa solish meyorlarini 25-30 foizga kamaytirish
mumkin.
Go‘ng tuproq komposti: Go‘ng tuproq komposti tayyorlash va saqlashning
eng samarali usullaridan biri molxonalar yaqinidagi xandak go‘ngxonalarda
buldozer yordamida shabbalangan kompostlashtirish hisoblanadi. Chuqurning
hajmi:uzuniga 60-80 metr, eniga 3-3,5 metr, chuqurligi 3,5-4,0 metr bo‘lib, sig‘imi
ming tonna atrofida bo‘ladi.
Mollar tagiga solingan quruqlik, silos massasi qoldig‘i, go‘ng va mollar
shiltasi fermadan olib chiqiladi va go‘ngxona chuqurlikka bir qavat qilib solinadi.
Uning ustidan ikkinchi qavati sifatida ariq, zovur, kanal loyqasi yoki ekishda
foydalanilmaydigan do‘nglik, eski devorlar kesagi, sho‘r bo‘lmagan tuproqlar,
o‘simlik chirindilari, daraxt barglari, xazonlar va boshqa organik moddalar
tashlanadi. Uchinchi qavatiga kompost aralashmasini holatiga qarab 1-2 foizgacha
yoki har 1 tonna aralashmaga 15-20 kg fosforli o‘g‘it 1ki 150-200 kg past navli
Qizilqum fosforitlaridan (12-14% P 2O 5) solish mumkin. Shundan keyin xuddi shu
tartibda birinchi, ikkinchi va uchinchi qavtlar bilan o‘rani to‘ldirib, elementlar
yo‘qolishini oldini olish va sifatli bo‘lishi uchun go‘ngning umumiy miqdoriga
nisbatan 40 foizga teng miqdorida uzoq ekilmagan er tuprog‘i bilan aralashtirish
mumkin.