Page 36 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 36

Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda probirkaning pastki qismida sekin-asta sariq
                  rang hosil bo’lsa, presipitat o’g’iti bo’ladi. CaHPO4*2H2O.
                        Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda probirkaning pastki qismida sekin-asta sariq
                  rang hosil bo’lsa, prepitat o’g’iti bo’ladi. CaHPO4*2H2O
                        Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda ammiak hidi paydo bo’lsa, tomasshlak o’g’iti
                  bo’ladi. (Ca4P2O9).
                        Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda ammiak hidi paydo bo’lmasa, kalsiy sianamidi
                  (CaCN2) bo’ladi.
                        O’g’itlarning  o’ziga  xos  xarakterli  reaksiyalarini  yozish  uchun

                  quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin:
                                                                                                      9-jadval
                        №                                           Reaktivlar       o’g’itning  o’g’itning
                          o’g’itning
                            tashqi          Suvda      ko’mir                        formulasi        nomi
                                             eruv-
                         ko’rinishi va     chanligi    cho’g’i        NaOH      BaCl 2      AgNO 3
                                                          da
                             rangi
                        1 Oq donador        eriydi       bor                          NH 4NO 3     Ammiakli
                                                                                                     selitra
                        2

                        3
                        4


                                   MUHIM MINERAL O’G’ITLARNI ANIQLASH

                        Mineral o’g’itlar kristall va amorf hollarda bo’ladi.
                        Kristall  holatdagi  o’g’itlar  suvda  yaxshi  eruvchan,  amorf  o’g’itlar  esa  kam
                  eriydigan yoki erimaydigan bo’ladi.
                        Kristall  holatdagi  o’g’itlarga  hamma  azotli  (kalsiy  sianamiddan  tashqari)
                  kaliyli o’g’itlar  (toshko’mir  kuli va  kalimagdan tashqari) hisoblanadi. Murakkab
                  o’g’it ammofos ham  kristall holatdagi o’g’itlarga kiradi.
                        Fosforli va ohakli o’g’itlar hamda kalsiy sianomid va kalimag o’g’itlari amorf
                  holatdagi o’g’itlar jumlasiga kiradi.
                        Shunday  qilib,  o’g’itlar  eruvchanligiga  ko’ra  ikki  gruppaga,  ya’ni  kristall
                  holatdagi azotli va kaliyli o’g’itlar, amorf holatdagi fosforli va ohakli o’g’itlarga
                  bo’linadi.
                        Azotli  o’g’itlardan  ammiakli  selitra  (NH4NO3).  Uning  tarkibidagi  azot
                  ammoniy  va  nitrat  holida  bo’ladi.  Hozirgi  vaqtda  bu  o’g’it  maydonda  donador
                  shaklda  chiqarilmoqda.  Bu  o’g’itdan  tashqari  natriy  (NaNO3)  va  kaliy  (KNO3)
                  selitrasi ishlatiladi, kaliyli selitra murakkab o’g’it hisoblanadi. Bu o’g’itlarni faqat
                  ko’mir cho’g’ida ajratish mumkin. Bunda sariq alanga bersa NaNO3 va binafsha
                  alanga  bersa  KNO3  o’g’itlari  bo’ladi.  NH4NO3  ishqor  eritmasi  tomizilganda
                  ammiak hidi ajraladi.
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41