Page 52 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 52

TIG’IZ                                      12,2                            10,7


                         Chirish  darajasiga  qarab  go‘ngning  quyidagi  turlari  farq  qilinadi.  Yangi
                  go‘ng biroz chirigan (somon rangini va pishiqligini to‘la saqlagan bo‘ladi), chala
                  chirigan  (somon  to‘q  chigarrang  va  osongina  uvalanadigan  bo‘ladi),  chirigan
                  (somon  to‘la  parchalangan,  go‘ng  qora  rangli  yopishqoq  massaga  o‘xshash  va
                  chirindiga to‘la aylangan go‘ng) va g‘ovak tuproqsimon massa bo‘ladi.
                         Go‘ng  parchalanish  darajasi  oshgan  sari  uning  massasi  ham  yangi  go‘ng
                  massasiga  qaraganda  ancha  engil  bo‘lib  qoladi,  lekin  tarkibidagi  azot,  fosfor  va
                  kaliyning foiz miqdori ortadi.
                                                                                                     13-jadval

                                 Go‘ngni parchalanish darajasiga bog‘liq holdagi tarkibi %
                      Ko‘rsatkichlar                                       Go‘ng
                                              Yangisi       Chala chirigan         Chirigan         Chirindi
                     Tarkibidagi azot           0,52              0,60               0,66             0,73
                    Tarkibidagi fosfor          0,31              0,38               0,43             0,48
                     Tarkibidagi kaliy          0,60              0,64               0,72             0,84
                     Go‘ng massasini              -              15-30           50 atrofida         65-75
                       yangi go‘ng
                    massasiga nisbatan
                         yo‘qolishi

                         3. Dalaga solish uchun tayyorlangan go‘nglarning maxsus go‘ng sochadigan
                  mashina yordamida bir tekis qilib sochib chiqiladi. Solingan go‘ng tezda tuproqqa
                  aralashtirib  haydab  yuborilishi  lozim.  Yerni  shudgorlamay  tuproq  yuzida
                  qoldirilgango‘ng  bir  kundayoq  ko‘p  miqdorda  ammiakli  azotni  yo‘qotishiga  va
                  go‘ngni samaradorligini pasayishiga olib keladi.
                         Go‘ngni samaradorligi ko‘p jihatdan tuproq bilan aralashi darajasiga bog‘liq.
                  Kuzgi  shudgor  ostigak  solingan  go‘ng  xo‘jalikdagi  mavjud  sharoitlardan  kelib
                  chiqqan  holda  15-30  sm  chuqurlikda  ko‘milishi  lozim.  Nam  yetarli  tuproqlarda
                  go‘ng  nisbatan  yuza  ko‘milsa  parchalanish  jarayoni  jadal,  o‘ta  nam  tuproqlarda
                  juda  chuqur  qatlamlarga  solinsa,  aeratsiyaning  sustlashishi  sababli  chirish  juda
                  sekin  ketadi.  Qurg‘oqchil  sharoitda  go‘ng  tuproqning  yuza  qatlamlarida  qolib
                  ketsa,  tuproqlarning  jadalroq  suvsizlanishi  kuzatiladi.  Og‘ir  tuproqlarga  go‘ng
                  yuzaroq, yengil tuproqlarga esa aksincha chuqurroq ko‘miladi.
                         Go‘ng  hisobiga  olinadigan  qo‘shimcha  hosilni  100%  desak  uning  20-40%
                  birinchi yilgi ekindan, qolgan 60-80% keyingi yillarda yetishtiriladigan ekinlardan
                  olinadi.  Go‘ngning  ta’sir  muddati  birinchi  navbatda  tuproqning  mexanikaviy
                  tarkibi bilan bog‘liq. Og‘ir tuproqlarga solingan go‘ng 4-5 yil davomida o‘z ta’sir
                  kuchini  saqlab  tursa,  yengil  mexanikaviy  tarkibli  tuproqlarda  ancha  tez
                  parchalanadi.
                         Respublikamiz  tuproqlarining  yarmidan  ko‘pi  turli  darajada  sho‘rlangan.
                  Bunday  maydonlarda  tuproq  sho‘rini  yuvmay  turib  paxtadan  yuqori  hosil  olib
                  bo‘lmaydi.  Tuproq  sho‘rini  sifatli  yuvishda  go‘ngning  ahamiyati  katta.
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57