Page 150 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 150
Umuman olganda shuni aytish mumkinki, GAT texnologiyalari yerlardan
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni yangi usullar bilan ta’minlaydi,
an’anaviy usullardan farqliroq axborotlarni muntazam, navbat bilan, operativ
ravishda olishda, tuproq tiplarini yuqori aniqlikda konturlashda, degradatsiyaga havfi
bor yerlarni aniqlashda va baholashda, tabiiy muhit tarkibiy qismlarini xaritalashda,
tuproq informatikasini yaratishda, shuningdek tuproq xaritashunosligining yangi
bosqichining rivojlanishida, samaradorligini va aniqligini oshirishda yangicha
yondashuvni aks ettiradi.
10-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
1. Zamonaviy GAT texnologiyalariga umumiy tavsif bering?
2. GAT texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi sohalari bilan aloqadorligi?
3. GAT texnologiyalarining degradatsiyaga uchragan tuproqlarni aniqlash va
baholashda tutgan o‘rni?
4. Yerlarni monitoring qilishda GAT texnologiyalari asosida yaratilgan
elektron xaritalarning afzallik tomonlari?
5. Degradatsiya jarayonlarini GAT asosida monitoring qilishning qanday
uslublarini bilasiz?
6. O‘simlik qoplaminining o‘zgarish dinamikasi GAT asosida aniqlash va
baholash qanday usullarda amalga oshiriladi?
150

