Page 145 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 145
ishlab chiqish va yerlarni aniq holati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini
berish bilan bir qatorda, o‘z navbatida hududda yer-suv resurslaridan barqaror
foydalanishda eroziyaning yuzaga kelishiga qarshi kurash yo‘llarini ishlab chiqish,
ma’lumotlar bazasini yaratish, kartografiyani avtomatlashtirish, ishlab chiqarishga
yangi innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish, tuproq muhofazasiga oid chora-
tadbirlarni joriy qilish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklashning
ilmiy asoslari bo‘lib xizmat qiladi.
I - Agroekologik guruh – suv ayirgich, tekislik yuzida, aniqrog‘i qiyaliklarning
etagida tarqalgan eroziya xavfi yo‘q yerlar (ularning miqdori umumiy maydonning
0
35% ini - 588 gani tashkil qiladi), shuningdek bu guruhga qiyalik nishabligi 7 gacha
bo‘lgan yerlar (ularning miqdori umumiy maydonning 26%ini - 436 gani tashkil
qiladi) kiradi. Ushbu tuproqlar nisbatan yuqori unumdorlik sifatiga, mustahkam suv
rejimiga egadir. Tekis va qiyalama yuzali qiyaliklardan tashkil topgan bu maydonlar
qishloq xo‘jaligida jadal foydalanish uchun qulaydir. Bu guruh tuproqlarida gumus
miqdori 6% dan ko‘proqni tashkil qiladi (ularning miqdori umumiy maydonning 23%
ini - 371 gani tashkil qiladi).
II - Agroekologik guruh – bu guruhga shimoliy va shimoli-g‘arbiy
ekspozitsiyalarning soyali, shamoldan pana ekspozitsiyalari (ularning miqdori
0
umumiy maydonni 20% - 348 ga tashkil qiladi), qiyalik nishabligi 10 gacha bo‘lgan,
ya’ni kuchsiz eroziyalangan (ularning miqdori umumiy maydonni 5% - 84 ga tashkil
qiladi) kam eroziyaga xavfli yerlar kiritiladi. Bu tuproqlarda eroziyaning ro‘y berish
ehtimoli nisbatan sezilarli, bu maydonlarda bir muncha ko‘p qor bilan qoplangan va
namlangan tuproqlar tarqalgandir. Bu tuproqlar ustki oqimini boshqarish va tuproq
eroziyasiga qarshi kurashni yo‘lga qo‘yish bilan birga namlantirish chora-tadbirlariga
muhtojdir va nam sevuvchi o‘simliklar o‘sishi uchun qulaydir. Soyali qiyalik
ekspozitsiyasi tuproqlari pastki qatlamlarni ustki oqimdan saqlab qoluvchi
mustahkam, qalin chimli qatlamga (4-8 sm) va o‘tloqi-dasht tavsifidagi quyuq
maysazorlarga ega. Bu tuproqlarning tiklanishi ustki qatlamlarning o‘mirilishi
hisobiga bo‘ladi. O‘mirilish juda sekin ─ o‘n, yuz yil davomida kechishi mumkin,
shuningdek qisqa vaqtli yer o‘pirilishlari soyali qiyaliklarning tuproq hosil bo‘lish
jarayonlarini o‘ziga xosligi bilan ham bog‘liqdir. Bu tuproqlar gumusga boy bo‘lib,
ularning miqdori 4,5-6% atrofida o‘zgarib turadi (ularning miqdori umumiy
maydonning 24%ini - 408 gani tashkil etadi).
III - Agroekologik guruh – o‘rtacha yuvilgan tuproqlardan iborat o‘rta eroziya
xavfi bor yerlarni o‘z ichiga olgan maydonlardir. Bu guruhga, asosan oraliq, ya’ni
shimoli-sharqiy, g‘arbiy, sharqiy qiyalik ekspozitsiyalaridagi (ularning miqdori
0
umumiy maydonning 27%ini - 448 gani tashkil qiladi), qiyalik nishabligi 15-25
tashkil etuvchi qiyaliklar kiradi (ularning miqdori umumiy maydonni 23% - 387 ga).
Oraliq ekspozitsiyadagi qiyaliklarni kam qorli va qurg‘oqchil bo‘lgan yillarda
o‘rtacha yuvilgan qiyaliklarga, qulay gidrometeorologik rejimga ega bo‘lgan yillarda
esa kuchsiz yuvilgan qiyaliklarga kiritish mumkin. Bu zona o‘simlik dunyosi nisbatan
kam, tuproqlarda gumus miqdori 3-4% ni tashkil qiladi (ularning miqdori umumiy
maydonni 46%ini - 782 gani tashkil etadi).
IV - Agroekologik guruh – kuchli eroziyalangan tuproqlardan iborat kuchli
eroziya xavfi bor yerlarni tashkil qiladi. Tuproq relef sharoitiga ko‘ra bu yerlar
145

