Page 143 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 143

Og‘irlik  kuchi  qiyaliklarning  tuzilishiga  yordam  berishi  yoki  aksincha  xalal
            berishi  mumkin:    jinslarning  mustahkamligi,  turli  xususiyatli  qatlamlarning
            navbatlanishi  va  ularning  nishabligi,  grunt  suvlari,  jinslar  zarralarining  bir-biriga
            bog‘liqligining  zaiflashishi  bilan  bog‘liqdir.  Cho‘kish  xususiyati  zich  seryoriq
            jinslardan  (masalan ohaklar) tashkil topgan tik qiyaliklarga xosdir. Ushbu omillarga
            bog‘liq  holda  qiyalik  hosil  bo‘lish  jarayonlari  turli  tashqi  ko‘rinishga  egadir,  agar
            turli omillarning ta’sirini inobatga olsak, qiyaliklarning nishabligi va ularning fizik
            tavsifi  eroziya  jarayonlarini  kuchaytirish  xususiyatiga  ega.  Nishabligi  tik  bo‘lishi
            bilan qiyaliklar rangi xaritadagi katakchalarda o‘zgarib turadi (41-rasm).
                   Kosmik  tasvirlarni  deshifrlashda  tasvirlar  fototoni,  struktura  va  teksturasi
            inobatga olinadi. Bir-biridan ajratib olish uchun qiyaliklar nishabligini o‘zgarishi och
            havo rangdan to‘q ko‘k rang orasidagi ranglar bilan ifodalanadi: qiyalik tik bo‘lishi
            bilan  xaritada  uning  rangi  ham  to‘qlashib  boradi.  Distansion  ma’lumotlarning
            tahlilidan  ma’lum  bo‘lishicha,  tog‘  tuproqlarini  deshifrlash  xususiyati  tuproq  va
            landshaftlarning vertikal mintaqalanishi bilan bog‘liqdir. Fototasvirning tasviri tog‘
            landshaftining optik-vizual tafsifi, tuprog‘i, va tuproq hosil qiluvchi jinslarning optik
            xususiyatlari,  qiyaliklarni  turli  ekspozitsiyalar  bilan  yoritilishi,  shuningdek
            qiyaliklarni  oqish  qoramtir  mozaikalarining  strukturaviy  va  teksturaviy
            xususiyatlarining majmuasidir.







































               41-rasm. So‘qoqsoy havzasi hududidagi qiyaliklarning nishabligini aks ettiruvchi
                               xarita (G.T.Djalilovaning ma’lumoti bo‘yicha, 2009).


                   Eroziyaning  potensial  xavfliligini  ushbu  geomorfologik  ko‘rsatkich  bo‘yicha
            aniqlash  uchun  qiyaliklarning  nishablik  bo‘yicha  tarqalish  xaritasi  tuzilgan  bo‘lib,
            qiyaliklarning  turli  ekspozitsiyalarining  maydonlari  hisoblab  chiqilgan.  So‘qoqsoy
                                                           143
   138   139   140   141   142   143   144   145   146   147   148