Page 140 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 140

rivojlanish  tarixi  va  antropogen  omil  xususiyatlari,  qiyalik  ekspozitsiyasi,  tuproq
            hosil  qilish  jinslarini  inobatga  olishda,  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonlarni  to‘g‘ri
            anglash  va  landshaft-ekologik  sharoitlarini  hisobga  olgan  holda  degradatsiya
            jarayonlarini  yuzaga  kelish  sabablari  bo‘yicha  umumlashtirilgan  tavsif  berishda,
            shuningdek tuproqning barcha xossa-xususiyatlarining profil bo‘ylab o‘zgarishini aks
            ettiruvchi  xaritalarni  yuqori  sifatli  elektron  versiyalarini  tuzishda  foydalanish
            mumkin.
                   Dala  tuproq  tadqiqotlari  natijalari  asosida  tuzilgan  an’anaviy  xaritalar  ham
            tuproq  qoplamining  holati  haqida  umumiy  ma’lumotlarni  beradi.  Lekin,  shuni
            ta’kidlash joizki, an’anaviy usulda yaratilgan xaritalar har doim ham aniq va yangi
            ma’lumotlarni bermaydi. Bundan tashqari, xaritashunoslikdagi qiyinchiliklar va katta
            harajatlar  tufayli  eroziya  jarayonlarining  dinamikasini  alohida  va  operativ  holda
            kuzatish  qiyin  kechadi.  Hozirgi  vaqtda  aerokosmik  tasvirlarni  deshifrlashga
            asoslangan  Yerni  masofadan  zondlash  usullarining  jadallik  bilan  joriy  etilishi
            natijasida  hududlarda  uchraydigan  degradatsiya  jarayonlarining  dinamikasini
            baholash  hamda  tuproq  qoplamining  hozirgi  holati  bo‘yicha  monitoring  o‘tkazish
            imkoniyati tug‘ilmoqda.
                   Bugungi  kunda  kartograflar  ko‘plab  manbalardan  olinadigan  axborotlardan
            foydalanish  mobaynida  topografik,  turli  mavzuli  geografik  kartalar  va  atlaslarni
            tuzish,  aero  va  kosmik  tasvirlarni  deshifrovka  qilish,  dalada  o‘lchash  natijalarini
            qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha boy tajribaga
            egalar.
                   Ma’lumotlarning  ko‘plab  turlarini  vaqt  o‘tishi  bilan  tez-tez  o‘zgarib  turishi,
            oddiy  usulda  tuziladigan  qog‘ozli  kartadan  foydalanishni  ancha  qiyinlashtirib
            yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning dolzarbligini
            ko‘rsatish  faqatgina  avtomatlashtirilgan  tizim  kafolatlashi  mumkin.  Shu  o‘rinda

            zamonaviy GAT – bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega
            bo‘lgan,  baza  asosida  ish  bajarish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan  modelli  va  hisobli
            funksiyalar bilan  birlashgan,  fazoviy  ma’lumotlarni kartografik  shaklga  aylantirish,
            turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan
            tizim, deb qaraladi.
                   GAT  asosida  tuzilgan  xaritalar  oddiy  qog‘ozli  kartalardan  yaxshi  bezalgani,
            kompyuterli  shakldaligi,  qo‘lda  bajarib  bo‘lmas  darajadagi  aniqligi  va  boshqa  bir
            qator  afzalliklari  bilan  farq  qiladi.  Xaritaga  istagancha  o‘zgartirish  kiritish,  yangi
            mazmun va bo‘yoq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish, o‘chirish va
            h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi.
                   Xarita  yaratishning  bu  texnologiyasi  bugungi  kunda,  birinchidan  -  sezilarli
            darajada universallashgan, ikkinchidan - juda tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining
            hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir.
                   ArcView  10  dasturi  geoaxborot  tizimlari  orasida  individual  kompyuterlar
            uchun yetakchi o‘rinni egallaydi. Ushbu dastur asosida xaritalar hamda geoaxborot
            tizimlarini yaratish kabi katta imkoniyatlar mavjud.  Uning tarkibiga dasturlashning
            maxsus tili kiritilgan. ArcView 10 dasturida rastrli grafiklarni vektorli grafiklar bilan
            birlashtirish mumkin, qaysiki bu orqali ma’lumotlarni yaratish va qabul qilish ishlari
            yengillashadi. ArcView 10 dasturida so‘rov tizimi kuchli rivojlangan bo‘lib, ular ikki
                                                           140
   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145