Page 136 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 136

resurslarni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish
            (Gafurova, 2012).
                   9-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
                   1.  Iqlim o‘zgarishi deganda nimani tushunasiz?
                   2.  Iqlim o‘zgarishini belgilovchi asosiy omillar?
                   3.  Issiqxona effektini keltirib chiqaruvchi sabablar?
                   4.  O‘zbekiston hududida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini misol bilan tushuntirib
            bering?
                   5.  Iqlim o‘zgarishining tuproqdagi biologik jarayonlarga ta’siri?
                   6.  Iqlim  o‘zgarishini  oldini  olishga  qarata  amalga  oshirilayotgan  ustuvor
            yo‘nalishlar?


              10-bob. Degradatsiyaga uchragan tuproqlarni monitoring qilishda masofaviy

              usullar va GAT texnologiyalari

              §10.1. GAT ning umumiy tasnifi va boshqa sohalar bilan aloqadorligi

                   Geografik axborot tizimlari (GAT) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana
            boshlagan,  lekin  bu  tizimning  keng  rivojlanishi  90-yillarga  to‘g‘ri  keladi.  Bunga
            sabab  shu  keyingi  20  yil  ichida  kompyuter  texnologiyasining  ancha  rivojlanishi
            bo‘ldi. Kartalar yaratishning “qog‘ozli”deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir
            qatorda  geografik  axborot  tizimidan  foydalangan  holda  kartalar  yaratishning
            kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
                   Oddiy  qilib  aytganda,  GATga  tabiat  va  jamiyat  ob’ektlari  va  hodisalari
            haqidagi  topografik,  geodezik,  yer,  suv  resurslari  va  boshqa  kartografik  axborotni
            yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana
            qayta  ishlashni  ta’minlovchi  avtomatlashtirilgan  apparatlashgan  dasturli  kompleks
            deb ta’rif bersa bo‘ladi.
                   Barcha  GATlarda  ma’lumotlarni  yig‘ish,  qayta  ishlash,  xotirada  saqlash,
            yangilash,  tahlil  qilish  va  ma’lumotlarni  kompyuterda  yoki  yetarli  darajada  tasvir
            xususiyatini  qayta  ishlay  oladigan  maxsus  dasturda  texnik  vositalar  orqali  ushbu

            jarayonlarni  bajarish  usullari  e’tiborga  olingan.  Demak,  GAT-  turli  usullar  bilan
            to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan
            mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
                   Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GATning tengi yo‘q
            - u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va
            boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli
            tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta
            hajmdagi  statistik,  fazoviy,  matnli,  grafikli  va  boshqa  ko‘rinishdagi  ma’lumotlarni
            qayta ishlash va ularni tasvirlashni GAT tizimisiz amalga oshirish mumkin emas.
                   Bugungi  kunda  ilmiy  tadqiqotlar  va  amaliy  faoliyatda  ko‘plab  GATlar
            ishlatiladi,  lekin  ular  orasida  shaxsiy  GATlar  keng  tarqalgan.  Jumladan,  ularga
            GeoDraw,  GeoGraph  (Rossiya  Geografiya  instituti),  AtlasGis,  WinGis,  ArcInfo,
            MapInfo (AQSh) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
                                                           136
   131   132   133   134   135   136   137   138   139   140   141