Page 138 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 138

-  transport va telekommunikatsiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda;
                   -  marketing va bozor iqtisodiyotini taxlil qilishda;
                   -  arxeologiyada;
                   -  xududlar  va  shaharlarning  rivojlanishini  kompleks  boshqarish  va
            rejalashtirishda;
                   -  xavfsizlik, harbiy ish va razvedkada;
                   -  o‘rta maxsus va oliy talimda;
                   -  qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda.
                   GAT  asosiy  ilm  va  texnologiyalarga  tayanadi  va  bunday  soha  fanlari  bilan
            yaqin  aloqada  bo‘ladi,  jumladan:  geografiya,  kartografiya,  aerokosmik  metodlar,
            geodeziya, fotogrammetriya, informatika, matematika, statistika va boshqalar.
                   Geografiya:
                   – GAT asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning kelib
            chiqishi,  o‘zaro  bog‘liqligi  va  yer  yuzida  tarqalishi  mohiyatini  tushuntiradi;  uzoq
            muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq qilish metodlarini amalga
            oshirish imkonini yaratadi;
                   Kartografiya:
                   -  hozirgi  vaqtda  GATga  kiritilayotgan  asosiy  manbalar  -  kartalar  va
            tasvirlanadigan  asosiy  ma’lumotlar  ham  kartalarda  bo‘lib  hisoblanadi;  kompyuter
            grafikasi  esa  kartografik  manbalarni  raqamli  bayon  etishga  o‘z  usullarini  taqdim
            etadi;  kartografiya  GATdan  foydalanish  mobaynida  ixtiyoriy  kartografik
            mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega
            bo‘ladi.
                   Masofadan turib zondlash:
                   –  samolyot  yoki  boshqa  vositalardan  olingan  suratlar  GAT  uchun  asosiy
            geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi; masofadan turib olingan zondlash

            materiallari deshifrovka qilingach, GATning boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari
            bilan osongina birlashtiriladi; rasmlar orqali taxlil ishlarini GATning o‘ta murakkab
            analitik funksiyalari yordamida bajariladi.
                   Geodeziya:
                   - Yerda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta,
            u asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi; Yerning va boshqa
            planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar olishni, yer yuzasidagi
            tayanch  nuqtalarni  aniqlash  metodlarini  ishlab  chiqishni,  yerlardan  foydalanishda
            ekin  turlari  chegaralarini  aniq  belgilashni  ta’minlaydi;  qishloq  xo‘jalik  yerlarining
            holatini  va  ulardan  foydalanish  karta  va  planlarni  GPS  va  elektron  taxeometrlarni
            qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari o‘rganiladi.
                   Hozirda  GAT  Yer  yuzasining  millionlab  tadqiqotchilariga  xizmat  qilayotgan
            soha hisoblanadi. Ular GATni turli sohalarda qo‘llamoqdalar – global muammolarni
            o‘rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy
            ofatlarni  o‘rganish  va  h.k.)  va  amaliy  masalalarni  yechishda  (punktlar  orasidagi
            masofalarni  aniqlashda,  yangi  aholi  punktlarini  optimal  joylashtirishda,  elektr
            energiyasi,  neft  va  gaz  tarmoqlarini  o‘tkazishda,  mahalliy  boshqarish
            tashkilotlarining yer munosabatlari masalalarini yechishda va h.k.).

                                                           138
   133   134   135   136   137   138   139   140   141   142   143