Page 142 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 142

Monitoring  davriyligi  –  o‘rmon  xo‘jaligi,  yer  resurslari  va  kadastr
            tashkilotlari,  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tomonidan        3-5  yilda  bir  marta
            o‘tkazish.
                   GAT  texnologiyalarni  qo‘llagan  holda  eroziyaga  havfli  yerlarni  aniqlash  va
            baholash.  An’anaviy  (qog‘oz)  xaritalardan  elektron  (kompyuter)  xaritalarga  o‘tish
            murakkab  va  juda  ko‘p  mehnat  talab  qiladigan  jarayondir.    Bu  maqsadga  erishish
            uchun  ish  jarayonida  kerakli  miqdorda  axborotlarga  ishlov  berishni,  tahlil  va  ko‘z
            bilan  ko‘rish  imkoniyatini  beruvchi  GAT  texnologiyalarning  hammabop  va  keng
            qo‘llaniladigan ArcView 3.2, ArcView 5, ArcView 9, 10, Adobe Photoshop va 3D
            Fiel  maxsus  dasturlaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  G.T.Djalilova  (2006)
            tomonidan  So‘qoqsay  havzasi  hududidagi  eroziyaga  havfi  bor  yerlarni  aniqlash
            maqsadida  eng  ko‘p  tarqalgan  NDVI  ko‘rsatkichi  yordamida  kosmik  tasvirlarni
            deshifrlash bilan o‘simliklarning indikatsion roli o‘rganilgan (40-rasm).
                   NDVI  ko‘rsatkichi  GATda  tuproq  yuzasi  namligini  (bevosita)  va  sog‘lom
            o‘simliklar mavjudligini, shuningdek, hududning o‘simlik qoplamining o‘zgarishini
            aniq  ko‘rsatib  beruvchi  muhim  indeksdir.  Ushbu  indeksdan  tuproq  srukturasini
            aniqlashda,  shuningdek  uning  kimyoviy  xossalari,  namligini  aniqlashda  va
            unumdorligini bilishda xulosalar qilish uchun foydalanish mumkin. Olingan tasvirda
            o‘rganilayotgan  maydon  qanchalik  och  tusda  ko‘rinsa,  u  yer  shunchalik  ochiq,
            o‘simlik dunyosisiz bo‘lib, bu esa suv eroziyasiga uchraganligining dalili bo‘la oladi.
                   GAT  texnologiyalari  asosida  joyning  relefini  o‘rganish  uchun  qiyaliklar
            nishabligini aks ettiruvchi tematik xaritalar tuzish mumkin. Bunda qanchalik qiyalik
            tik  bo‘lsa  shunchalik  tuproq  jinslari     zarralarini  pastga  siljituvchi  og‘irlik  kuchi
            sezilarli bo‘ladi.




































               40-rasm. So‘qoqsoy havzasi hududining NDVI vegetatsion indeksining hisoblash
                            xaritasi (G.T.Djalilovaning ma’lumotlari bo‘yicha, 2006).


                                                           142
   137   138   139   140   141   142   143   144   145   146   147