Page 144 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 144
0
0
havzasida nishabligi 7 gachabo‘lgan qiyaliklar 25,5 %; nishabligi 7-15 – 5,1 %;
0
0
nishabligi 15-25 - 22,4%; qolgan 45% i nishabligi 30 dan ortiq bo‘lgan qiyaliklarni
tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar So‘qoqsoy havzasi maydonlarining katta qismini
eroziyaga havfli yerlar tashkil qilishidan dalolat beradi.
Qiyaliklar ekspozitsiyasi eroziya xavfliligini aniqlovchi eng muhim
ko‘rsatkichdir, shuningdek u tog‘ tuproqlarining hosil bo‘lishida ham katta rol
o‘ynaydi. Qiyalik ekspozitsiyasi tuproqning asosiy xususiyatlari va o‘simliklarning
tarqalishini belgilaydi va shuning uchun ham zonallik belgilarining rivojlanishida eng
muhim omillardan sanaladi. Yuqorida keltirilganidek, qiyalik ekspozitsiyalariga
bog‘liq ravishda issiqlik, yorug‘lik va ba’zan yog‘ingarchilik ham turli miqdorda
tushadi, ular shamolning ta’siriga ham turli darajada duchor bo‘ladi. Bularning
barchasi esa qor qoplami to‘planishining, qor erish rejimi va tuproq namligining,
shuningdek o‘simlik qoplamining bir tekisda bo‘lishiga ta’sir qiladi (42-rasm).
So‘qoqsoy havzasida GAT texnologiyalarini qo‘llagan holda distansion
ma’lumotlarga ishlov berish natijalarining ko‘rsatishicha, bu yerda vertikal
mintaqalanishga xos bo‘lgan barcha tuproq tiplarining tarqalishi ob’ektiv va yaqqol
aks etadi. Bu turli tabiiy-xo‘jalik landshaftida yer resurslarini muhofaza qilish,
saqlash bo‘yicha eroziyaga qarshi barqaror kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish
maqsadida tuproq-erozion rayonlashtirish ishlarini olib borish maqsadga
muvofiqligini ko‘rsatadi.
42-rasm. So‘qoqsoy havzasidagi qiyaliklarning ekspozitsiyasini aks ettiruvchi xarita
(G.T.Djalilova ma’lumotlari bo‘yicha, 2009).
GAT texnologiyalari asosida hududning eroziyaga havflilik darajasi
bo‘yicha agroekologik guruhlarga ajratish. GAT texnologiyalarini qo‘llash
So‘qoqsoy havzasi misolida eroziyaga xavfli yerlarni agroekologik rayonlashtirishni
144

