Page 141 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 141
tipga: oddiy va murakkabga bo‘linadi. Ushbu so‘rovlar asosida - sortirovkalash,
tanlash, ob’ektlarni birlashtirish kabi ishlar hamda turli matematik harakatlar amalga
oshiriladi.
Shuningdek dasturda xaritalar yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab
loyihalar mavjud. Ushbu dastur asosida tasvirlarning besh xil usullarini (sifatli fon,
xaritagrammalar, nuqtali usul, xarita diagrammalari va lokallashgan xarita
diagrammalari) qo‘llagan holda tematik xaritalarni yaratish imkoniyati mavjud.
Dasturda ishlash jarayonida ishchi grafiklar arsenalidan foydalanish, matnli
ob’ektlarni almashtirish hamda ularni parallel holatda joylashtirish, tematik
xaritalarni yaratish va ularda murakkab mezonli ob’ektlarni ajratish, shuningdek
barcha ushbu xaritalarni, grafiklarni, ro‘yxatlarni va bezovchi elementlarni
birlashtirish mumkin.
Degradatsiya jarayonlarini monitoring qilish uslublari.
Yer usti monitoringi – xaritaviy ma’lumotlarni tuzish uchun dala ishlari orqali
tuproqlarni genetik jihatdan tip va tipchalarga ajratish ularni namlanish, eroziyalanish
darajasi, oziqa elementlari miqdoriga ko‘ra (tuproq kesmalari solish) laboratoriya
tahlillari asosida olib boriladi.
Xaritalash – tuproq qoplami va tarqalishini o‘rganishning asosiy usullaridan
biridir. Hududning tabiiy sharoitlarini hisobga olgan holda yer usti kuzatuvlari
natijasida tuproqning xossalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar xaritaning
eksplikatsiyasida aks ettiriladi.
Masofaviy monitoring – tuproqni xaritalashda kosmik va aerotasvirlardan
foydalanish. Tuproqni masofaviy o‘rganishning mohiyati fotogrammetriya va vizual
uslublar yordamida fototasvirlarni deshifrovka qilishdan iborat. Masofaviy uslubning
nazariy asosi - tuproq xossalari bilan o‘simliklar qoplami va atrof-muhit sharoitlari
o‘rtasidagi o‘zaro qonuniy bog‘liqliklarni aniqlashdan iborat. Tuproq yuzasi deyarli
har doim ma’lum darajada o‘simlik bilan qoplangan bo‘ladi. Shu bois,
o‘simliklarning tuzilishi va tarkibi birinchi navbatda fototasvir xarakteriga ta’sir
etadi.
Tuproqning sho‘rlanganlik darajasini va tipini monitoring qilish uslubi.
Yer usti kuzatuvlari – tuproq profilining turli qatlamlaridan laboratoriya
sharoitida suvda oson eruvchi moddalar (quruq qoldiq) va turli xil ionlarni aniqlash
maqsadida suvli so‘rim tahlillarini o‘tkazish uchun tuproq namunalarini olishdan
iborat.
Tuproq sho‘rlanishini masofaviy monitoring qilish - hudud samolyot yoki
boshqa uchuvchi apparat yordamida havodan tasvirga olinadi. Keyingi yillarda
sho‘rlanishni baholashda kosmik tasvirlardan keng foydalanilmoqda. Olingan
tasvirlar yer usti tasvirlari yordamida deshifrovka qilinadi va aniq hududlar bo‘yicha
xaritalashda foydalaniladi.
O‘simlik qoplamini monitoring qilish.
Yer usti monitoringi – dala sharoitida o‘simlik qoplami, hududga xos
o‘simliklar jamoasi, ularning joylashish xarakteri, tuzilishi, turi, yashovchanligi,
yoshi, tarqalishi va boshqalarini o‘rganish.
Masofaviy monitoring – o‘simliklar qoplamini xaritalash maqsadida kosmik
tasvir materiallari va aerotasvirlardan foydalanish.
141

