Page 146 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 146

xilma-xilligi  bilan  farqlanadi,  biroq  ularni  bitta  guruhga  birlashtirilishining  boisi
                                                         0
            qiyalik nishabligining juda tikligi va 25  dan ortiqligi, shuningdek ochiq maydonlarda
            tarqalganligidir (ularning miqdori umumiy maydonning 46% ini – 773 gani tashkil
            qiladi). Bu yerga quyoshli, shamol tomonga qaragan janubiy, janubi-sharqiy, janubi-
            g‘arbiy qiyalik ekspozitsiyalari kiradi (ularning miqdori umumiy  maydonning 18%
            ini - 296 gani tashkil qiladi). Bu yerdagi tuproqlar eroziyaga moyil, kam qorli, quruq
            va nam sevuvchi o‘simliklarni o‘sishi uchun noqulaydir. Bu maydonlar, ayniqsa ustki
            oqimni tartibga solishga, tuproq unumdorligini oshirishga, qorni ushlab turishga va
            umumiy suv rejimini yaxshilashga juda ham muhtojdir. Quyoshli qiyaliklarda jar va
            yoppasiga  yuvilish  eroziyasi  ustunlik  qiladi.  Yuvilayotgan  mayda  donador  qismlar
            qiyaliklarning o‘rta qismida ushlanib qolib, u yerda yuvilib to‘plangan tuproqlarni (2-
            3  m)  hosil  qiladi.  Shuning  uchun  quyoshli  qiyaliklar  yuvilib  to‘plangan  va
            yuvilmagan tuproqlari deb dinamik muvozanatni saqlab qoluvchi qiyaliklarning o‘rta
            qismidagi  qumoqli,  yirik  qumli  tuproqlarni  hisoblash  mumkin.  Mayda  donador
            zarralarning  ayrim  qismi  ustki  qismdan  yuvilib,  tuproqning  ustki  qatlamida  yupqa
            tangachasimon qatlam hosil qilsa, boshqa qismi esa delyuvial oqim natijasida yuvilib
            to‘plangan  tuproqlar  shakllanadigan  qiyalikning  pastki  qismiga  yotqiziladi.  Bu
            zonadagi tuproqlarda gumusning miqdori 1,5 - 3% ni tashkil qiladi (ularning miqdori
            umumiy maydonning 7% ini - 119 gani tashkil etadi).
                   GAT  texnologiyalarni  qo‘llagan  holda  cho‘llanishga  xavfi  bor  yerlarni
            aniqlash va baholash. Yerlarni cho‘llashishdan muhofaza qilish dunyo miqyosidagi
            global  ekologik  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Shu  bois,  cho‘llanishning  oldini
            olishga  oid  chora-tadbirlarni  rejalashtirishdan  avval  shunday  tadbirlarga  muhtoj
            maydonlarni  aniqlash,  ya’ni  yerlarni  degradatsiyaga  uchrash  havfi               darajasini
            aniqlash  va  baholash  lozim.  XX  asr  oxirlarida  turli  mavzudagi  axborotlarni  bir
            tizimga  birlashtiruvchi,  foydalanuvchilar  uchun  qulay,  aniq  va  tushunarli  tarzdagi

            yangi ko‘rinishdagi geografik axborot tizimlari vujudga keldi. Odatda, bu an’anaviy
            usullardan  farqli  o‘laroq  geografik  ob’ekt  va  hodisalarni  tahlil  va  modellashtirish
            imkoniyatini  beruvchi,  an’anaviy  ish  usullarini  ma’lumotlar  bazasi  bilan
            bog‘liqliligini ta’minlovchi, yangi ma’lumotlar va ularning statistik tahlili so‘rovini
            amalga  oshiruvchi  kompyuter  tizimlaridan  biri  zamonaviy  GAT  texnologiyalari
            hisoblanadi.
                   Hududlarning cho‘llanish holati to‘g‘risida integral axborot olish va ularning
            oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun odatda tematik
            xaritalar  tuziladi.  Cho‘llanish  murakkab  jarayon  bo‘lgani  bois  dala  sharoitlarida
            umumiy  shaklda  uni  xaritalash          ancha  murakkab  va  har  doim  ham  samarali
            hisoblanavermaydi. Shu sababli ushbu jarayonning alohida jihatlarini, xususan GAT
            texnologiyalardan  foydalanib,  deflyatsiya,  sho‘rlanish  va  boshqa  jihatlarni  aks
            ettiruvchi  bir  qancha  tematik  tahliliy  xaritalarni  tahlil  qilish  asosida  kameral
            sharoitlarda  cho‘llanish  xaritasini  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiq.  Turli
            manbalardan foydalanishda cho‘llanishni xaritalashning landshaft metodini qo‘llash
            maqsadga muvofiq, chunki bu metod cho‘kindilar, tuproqlar, o‘simliklarning tegishli
            litologik  tarkibi,  yerlardan  foydalanish  toifalari  bilan  birga  hududning  tabiiy
            tuzilishiga qarab u yoki bu jarayonlar tarqalishini, ya’ni oshish, pasayish, qiyaliklar
            shakllarini  aniq  aks  ettiradi.  Ma’lum  vaqtda  mamlakatning  butun  hududi  bo‘ylab
                                                           146
   141   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151