Page 147 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 147

axborot olishda masofaviy usul eng samarali hisoblanadi. Oq-qora suratlarga nisbatan
            jarayonlarni  talqin  qilish  samarasi  yuqori  bo‘lgan  ko‘p  zonali  va  rangli  suratlar
            o‘simlik va tuproq qoplamasi, suv ob’ektlari, seliteb geotizimlar va qishloq xo‘jaligi
            yerlari holatini, turli tabiiy jarayonlarni (erozion, galogeokimyoviy va b.) shifrovka
            qilish uchun qulaydir.
                   Aerokosmik  monitoring  tuproq  muhiti  degradatsiyasi  dinamikasini  uzluksiz
            kuzatish  imkonini  beradi.  Bu  borada  ekologik  eng  nobarqaror  mintaqalarni  -
            Orolbo‘yi, Orol dengizi, dinamik mintaqalar – Qizilqum yaylovi, Ustyurt, Arnasoy-
            Aydarko‘l tizimlarini va boshqalarni, tuz to‘planishi, deflyatsiya, eroziya va boshqa
            hodisalar  intensifikatsiyalanadigan  vohalarni  o‘rganishda  muntazam  monitoringdan
            foydalanish maqsadga muvofiq.
                   Cho‘llanishni  tahlil  qilishda  geologik  axborot  tizimidan  foydalanish  ayniqsa,
            cho‘llanishni  xaritalashda  monitoringning  yuqorida  sanab  o‘tilgan  metodlarini
            samarali birlashtirish imkonini beradi.
                   Bu  holatda  cho‘llanish  dinamikasini  tahlil  qilish  va  profilaktik  tadbirlarni
            o‘tkazishda tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish imkoniyati bo‘ladi. Mumkin qadar
            qisqa muddatlarda xaritalarni tuzish mumkin, bu esa cho‘llanishga qarshi kurashish
            bo‘yicha o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish uchun ulkan ahamiyatga ega. Muntazam
            ravishda  xaritalar  tuzilsa,  cho‘llanish  trendlarini  va  asosiy  omillarni  aniqlash
            imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday holatda shaklga keltirilgan matematik modellardan
            foydalanish  imkoniyati  tug‘ilishini  qayd  etish  zarur.  Bu  esa  tahlil  o‘tkazish  va
            prognozni hisoblab chiqish va ekologik vazifalarni hal qilish uchun maqbul qarorni
            izlash imkonini beradi.
                   O‘zbekistonning  arid  zonasida  cho‘llanishning  u  yoki  bu  turi  har  bir  tabiiy
            kompleksga  xosdir.  Ko‘pincha  ikki  yoki  uchta  tiplarning  qo‘shilishi  kuzatiladi.
            Bunday hodisani murakkab cho‘llanish deb hisoblash zarur, bu esa hududning ancha

            murakkab tuzilganligi (geotizim) va inson xo‘jalik faoliyatining ko‘p tarmoqli ta’siri
            bilan bog‘liq.
                   V.X.Sherimbetov  (2010)  tomonidan  Jizzax  cho‘li  hududidagi  cho‘llanishga
            xavfi  bor  yerlarni  aniqlash  maqsadida  izlanishlar  olib  borildi.  Ma’lum  bo‘lishicha,
            hudud  tuproqlarining  sho‘rlanganligi  bu  tuproqlar  agrokimyoviy  xossalarini
            o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatgan, gumus miqdoriga mos ravishda oziqa elementlari
            miqdori ham o‘zgarib borgan (43-rasm). Jizzax cho‘li tuproqlarining agrokimyoviy,
            kimyoviy  xossalari  bo‘yicha  olingan  ma’lumotlarni  GAT  dasturlari  asosida  qayta
            ishlash  natijasida  hududda  tarqalgan  tuproqlarning  ustki  qatlamida  gumus,  azot,
            fosfor, kaliy, karbonat va gips miqdorini tarqalishi bo‘yicha elektron xaritalar tuzildi
            va  tuproqlarni  gumus,  fosfor,  kaliy  miqdori  bilan  ta’minlanganligi  bo‘yicha
            klassifikatsiyalangan xaritalari tuzilgan.
                   Shuningdek,  GAT  texnologiyalari  asosida  masofaviy  ma’lumotlarga  ishlov
            berish  orqali  olingan  ma’lumotlar  Jizzax  cho‘lida  cho‘llashish  jarayonining
            rivojlanishini aniqlash va baholash maqsadida LANDSAT kosmik tasvirlariga ishlov
            berilganda  tuproqlar  yuzasidagi  o‘simlik  qoplamining  o‘zgarishi  bo‘yicha  NDVI
            ko‘rsatkichlari aniqlangan (Gafurova, Sherimbetov, 2011) (44-rasm).




                                                           147
   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151   152