Page 137 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 137

GAT  –  bu  tabiat  va  jamiyat  to‘g‘risidagi  topogeodezik,  Yer  resurslari  va
            boshqa  sohalardagi  kartografik  ma’lumotlarni  to‘plash,  qayta  ishlash,  saqlash,
            yangilash, tahlil qilish va tasvirlashni ta’minlaydigan apparat-dasturli avtomatlashgan
            kompleksdir.
                   Insoniyat  hayotida  kompyuterlarning  o‘rni  o‘sib  borib,  birinchi  darajaga
            raqamli axborot texnologiyalari ko‘tarilmoqda. Axborot deganda GATda harf, raqam
            yoki tasvir shaklidagi ma’lumotlar tushuniladi. Barcha uslublar, texnikalar, amallar,
            vositalar, tizimlar, nazariyalar, yo‘nalishlar va h.k. axborotni yig‘ish, qayta ishlash va
            foydalanishga  qaratilgan  bo‘lib,  ular  birgalikda  axborot  texnologiyalari  deyiladi,
            GAT esa shularning biri bo‘lib hisoblanadi.
                   GATni bilishning eng oddiy usuli – u bilan ishlash, uning imkoniyatlarini ish
            jarayonida bilib olishdir. Aslida GAT – bu bitta texnik vosita bo‘lib, uning yordamida
            faqatgina chiroyli qilib kartani jihozlash emas, balki yechimi mavjud bo‘lmagan ba’zi
            masalalarni  yechish  ham  mumkin.  Shu  sababli  GATning  imkoniyatlari  juda  katta.
            Demak  GAT  –  turli  usul  va  uslublar  yordamida  real  borliq  to‘g‘risida  to‘plangan
            katta hajmli axborotlarni o‘zining ma’lumotlar bazasida jamlab, ishlay oladigan keng
            rivojlangan kompyuterlashgan aniq tizimdir.
                   Bugungi kunda GATni qo‘llayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni
            keltirish mumkin:
                   -  yer resurslarini boshqarish, yer kadastrida;
                   -  ishlab      chiqarish      infratizimi,    ularni     boshqarish      va     ob’ektlar
            inventarizatsiyasida;
                   -  shahar qurilishida, arxitektura, sanoat va transport qurilishini loyihalashda,
            muxandislik izlanishlarida va rejalashtirishda;
                   -  istalgan  soha  bo‘yicha  mavzuli  kartalashtirishda,  atlaslar  va  mavzuli
            kartalarni tuzishda;

                   -  dengiz kartografiyasi va navigatsiyasida;
                   -  aeronavigatsion        xaritalashtirishda     va     havo     kemalari      harakatini
            boshqarishda;
                   -  suv  resurslarini  boshqarish  va  suv  kadastrida;  suv  ob’ektlarining
            inventarizatsiyasi va suvning mavsumiy va yillik holatlari hamda bashoratlashda;
                   -  navigatsiya va yer transporti harakatini boshqarishda;
                   -  masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda;
                   -  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni  boshqarishda  (suv,  o‘rmon
            xo‘jaligi va boshqalarda);
                   -  joy rel’efini tasvirlash va taxlil qilishda;
                   -  tabiiy  muhitdagi  jarayonlarni  modellashtirish,  tabiatni  muhofaza  qilish
            tadbirlarini olib borishda;
                   -  atrof muhit monitoringida, texnogen oqibatlarni baholashda, favqulodda va
            krizisli vaziyatlarni hal etishda;
                   -  ekologik muammolarni belgilab, dolzarbligini baholashda va ularni bartaraf
            etish choralarini ishlab chiqishda;
                   -  yuk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda;
                   -  geologiya,  mineralxom  ashyo  resurslari  va  tog‘  jinslarini  qazib  olish
            sanoatlarida;
                                                           137
   132   133   134   135   136   137   138   139   140   141   142