Page 202 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 202
quyidagilardan iborat: bu usulda tajriba delyankalarini bevosita bir biri
bilan taqqoslash mumkin emas, qaysiki ko‘p hollarda ular katta
kenglikda yoyilib bir biridan uzoqlashgan bo‘ladi, ayniqsa uzun sxemali
tajribalarda va Shundan kelib chiqqan holda variantlar uzunligi bo‘yicha
bir-biridan shaklan farq qilgan joylarda joylashishi mumkin. Bunday
hollarda variantlar bir biri bilan standart variantlari orqali taqqoslanadi.
Masala. Nav sinash tajriba maydonada kungaboqaming 16 ta navi
o‘rganilganda, delyankalar standart daktil uslubiga ko‘ra
joylashtirilganda quyidagi hosil olindi. N0 : d- 0 .
Yechish. Hisoblash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1. Tajriba delyankalari va ikkita qarama qarshi standart
delyankalarining o‘rtacha hosildorligi to‘risidagi farq aniqlanadi va
jadvalning birinchi qismiga yozib qo‘yiladi. 1322 navining birinchi
delyankadagi farq 15.4-(14.8+15.6):2=0.2, ikkinchi delyanka uchun
17.6- (16.4+17.1):2= 0.8 va uchinchi delyanka uchun 15.9-(16.0+15.6):2
= 0.11387 navi uchun hosildorlik bo‘yicha farq quyidagilarga teng 13.0-
(13.6+15.1):2= -1.4, ikkinchi delyanka uchun 15.6- (17.2+17.6):2 =-1.8
va xakazo. Takrorlanishlar tutashgan joylarda navlar uchun nazorat
variantlar o‘rtacha hosilini hisoblashda (tajribada 1322 va 1329
delyankalaming II va III takrolrlanishlarida) tajribadagi standart
delyankalami xaqiqiy joylashishi hisobga olinadi.
2. Tajribada standartlarning o‘rtacha hosili quyidagicha aniqlanadi:
Xst = =15.5 s/ga
3. Navlar V, takrorlanishlar R, bo‘yicha og‘ishlar yig‘indisi topiladi,
barcha farqlaming umumiy yig‘indisi topiladi va nisbatidagi
hisoblashlaming to‘g‘riligi tekshiriladi.
4. Standartning xaqiqiy hosili o‘rtacha hosilga keltiriladi. Buning
uchun standart navning o‘rtacha hosiliga nav uchun d o‘rtacha farq
qo‘shiladi va hosil yozib qo‘yiladi.
Shunday qilib 1322 navi uchun keltirilgan hosil 15.5 + 0.4 = 15.9 ga
teng, 1387 navi uchun bu ko‘rsatkich 15.5 + (- 1.5 ) = 14 ga teng va
hakoza.
5. Dispersion tahlil uslubiga ko‘ra farqlar kvadrati yig‘indisi
aniqlanadi. Bunda o‘rtacha standartdan og‘ishlardan foydalaniladi.
202