Page 205 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 205

KO‘P OMILLI TAJRIBA NATIJALARINI DISPERSION

                                                TAHLIL QILISH


                   Ikki  va  undan  ortiq  omillar  o‘rganiladigan  tajribalar  ko‘p  omilli

              tajribalar  deb  ataladi.  Ko‘p  omilli  tajribalarda  bir  vaqtning  o‘zida  bir
              nechta  omillar:  nav,  mineral  oziqlantirish,  sug‘orish  va  boshqalar

              o‘rganiladi.  So‘ngi  yillarda  barcha  soxalar  singari  qishloq  xo‘jaligida

              ham  ko‘p  omilli  tajribalarga  bo‘lgan  ehtiyoj  ortib  bormoqda.  Chunki
              ko‘p omilli tajribalar olib borish bir vaqtning o‘zida bir necha savollarga

              javob olish, ilmiy ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Biroq,

              ko‘p  omilli  tajribalar  olib  borish  bilan  birga,  tajriba  natijalarini
              dispersion tahlil qilish uslubiyatini to‘g‘ri amalga oshirish lozim. Ko‘p

              omilli  tajribalarda  natijalami  dispersion  tahlil  qilish  bir  omilli

              tajribalardagidan farq qiladi. Ko‘p omilli tajribalarda tajriba natijalarini
              dispersion tahlil qilish quyidagi tartibda olib boriladi:

                   1)  Dastlabki  ma’lumotlar  hosildorlik  jadvalga  kiritiladi,  hosil

              yig‘indisi va o‘rtacha ko‘rsatkichlari aniqlandi;
                    2) Umumiy variatsiya S y, takrorlanishlar Cp variantlar C  v va qoldiq

              variatsiyasi  uchun  kvadratlar  yig‘indisi  hisoblanadi,  ya’ni  ma’lumotlar
              bir omilli dala tajribalaridagi singari ishlov beriladi;

                    3)  Variantlaming  umumiy  variatsiyasi  quyidagi  komponentlarga

              bo‘linadi – o‘rganilayotgan omillarning asosiy samaradorligi va ulaming
              o‘zaro munosabati;

                    4)  Dispersion  tahlil  jadvali  tuziladi  va  F-kriteriyasi  bo‘yicha

              omillarng  ta’siri  va  o‘zaro  munosibatining  ahamiyatini  nulevoy
              gipotezasi tekshiriladi; Dala eksprementlarida ko‘pincha o‘rganilayotgan

              omillarni birgalikda tadbiq etilishi ularni alohida - alohida qo‘llanishiga
              nisbatan  ko‘p  (sinergizm)  yoki  kam  (antoganizm)  samara  berishi

              mumkin.  Demak,  omillaming  o‘zoro  ta’siri  mavjud  bo‘lib:  birinchi

              holatda  u  ijobiy,  ikkinchi  holatda  esa  salbiy  xususiyatga  ega.  Omillar
              o‘zaro  ta’sir  etmagan  hollarda  birgalikda  qo‘llanilgandan  olingan

              qo‘shimcha  hosil  salmog‘i  omillar  alohida  -  alohida  t’sir  qilganda

              olingan qo‘shimcha hosillar yig‘indisiga teng bo‘ladi, bu arditivizm deb
              ataladi.  1-misol.  4  ta  rendamizatsion  takrorlanishlarda  olib


                                                          205
   200   201   202   203   204   205   206   207   208   209   210