Page 114 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 114
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Buyuk Britaniya va Fransiyaning davr tarixi, yangi Yevropani
barpo etish masalasini tushuntirib berish.
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA mamlakatlar taraqqiyotidagi hal qiluvchi omillarni ko‘rsatib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Buyuk Britaniya va Fransiya davr
manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida mazkur
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, yangi Yevropani barpo etish kabi atamalarning
mohiyatini tushunib oladi;
• Buyuk Britaniya va Fransiya haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Buyuk Britaniya va Fransiya tarixiga oid maʼlumot-
lardan foydalana oladi;
• Buyuk Britaniya va Fransiya tarixiga oid maʼlumotlarni, yangi Yevropani barpo etish
masalasini tahlil qiladi;
• yangi Yevropani barpo etish masalasi haqidagi fikrga o‘zining mustaqil munosabati-
ni bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarning
avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Ikkinchi jahon urushi arafasida Buyuk Britaniya
va Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli” mavzusida muhokama o‘tkazish
uchun “Bahs-munozara” metodidan foydalanadi.
“Bahs-munozara” metodi – biror mavzu bo‘yicha taʼlim oluvchilar bilan o‘zaro bahs,
fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama
qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llanadi. Bahs-munozarani boshqarib
borish vazifasini o‘quvchilarning biriga topshirishi yoki o‘qituvchining o‘zi olib borishi
mumkin. Bahs-munozarani erkin holda olib borish va har bir o‘quvchini munozaraga
jalb etishga harakat qilish lozim.
Ushbu metoddan foydalanilayot-
ganda o‘quv chilar ora sida paydo
bo‘ladigan nizolar ni darhol bar-
taraf etib borish ke rak.
“Bahs-munozara” metodini
o‘t ka zishda quyidagi qoidalarga
amal qilinadi:
• barcha o‘quvchilar ishtirok
etishi uchun imkoniyat yara tish;
• “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini
ko‘ tarib, ruxsat olgandan so‘ng
so‘zlash)ga rioya qilish;
• fikr-g‘oyalarni tinglash ma-
da niyati;
• bildirilgan fikr-g‘oyalarning
tak rorlanmasligi;
• o‘zaro hurmat.
114