Page 115 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 115
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Quyida “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tartibi
berilgan.
Muammoli Turli fikrlar Fikr-g‘oyalar Tahlil Aniq va
maqbul
savol tinglanadi to‘planadi qilinadi yechim
tashlanadi topiladi METODIK QO‘LLANMA
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini urushdan
keyin Buyuk Britaniya va Fransiyada yuz bergan voqealar berilgan quyidagi jadvalga
qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.
1-jadval Buyuk Britaniya va Fransiya: yangi Yevropani qurish
Davlatlar Tarixiy voqealar
1. Ikkinchi jahon urushini gʻolib va antigitler koalitsiyasining yetakchi
davlatlaridan biri sifatida yakunladi.
2. Urushda fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba ingliz xalqida ijobiy
oʻzgarishlarga, Britaniya imperiyasi xalqlarida esa ozodlikka kuchli
intilish uygʻotdi.
3. Urushdan keyingi dastlabki yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyoti
ancha tez surʼatlar bilan rivojlandi.
Buyuk
Britaniya 4. 1947-yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan
oldingi darajasiga yetdi. Britaniya iqtisodiyotining oʻsishiga leyboristlar
hukumati tomonidan amalga oshirilgan davlat sektorining ancha
kengayishi ham taʼsir koʻrsatdi.
5. 1950-yillar Buyuk Britaniya iqtisodining sekin, ammo barqaror
oʻsish davri boʻldi. Oʻn yil ichida Buyuk Britaniyaning jahon ishlab
chiqarishidagi hissasi ancha pasaydi, shunga qaramasdan, u kapitalistik
dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab turdi.
1. Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi.
2. Urush, shuningdek, ocharchilik va kasalliklar tufayli Fransiya 3 mln
kishisidan ayrildi. 1945-yilda Taʼsis majlisiga saylovlar oʻtkazildi. Unda
soʻl kuchlar gʻalaba qozondi.
3. Koalitsion hukumatni Fransiya ozodligi uchun kurash yetakchisi
Fransiya
general Sharl de Goll boshqardi. U mamlakatda ulkan obroʻga ega edi.
4. Taʼsis majlisida koʻpchilik oʻrinlarni egallagan kommunistlar va
sotsialistlar hukumat faoliyatini nazorat qilishni boshlaganda De Goll
Taʼsis majlisi qaroriga boʻysunishni istamadi. Taʼsis majlisi aʼzolarining
koʻpchiligi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan De Goll isteʼfoga chiqdi.
115