Page 117 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 117

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi




                                    1.  1945-yilda  Taʼsis  majlisiga  saylovlar  oʻtkazildi.  Unda  soʻl
                                 kuchlar gʻalaba qozondi.
                                    2.  Koalitsion  hukumatni  Fransiya  ozodligi  uchun  kurash
                                 yetakchisi general Sharl de Goll boshqardi. U mamlakatda ulkan
                                 obroʻga ega edi.
                                    3. Taʼsis majlisida koʻpchilik oʻrinlarni egallagan kommunistlar
               Sharl de Goll     va  sotsialistlar  hukumat  faoliyatini  nazorat  qilishni  boshlaganda
                                 De Goll Taʼsis majlisi qaroriga boʻysunishni istamadi.                    METODIK QO‘LLANMA
                                    4.  Taʼsis  majlisi  aʼzolarining  koʻpchiligi  tomonidan  qoʻllab-
                                 quvvatlanmagan De Goll isteʼfoga chiqdi.
                                    5. Ikki palatali parlament umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil
                                 muddatga saylanadigan, prezidentni esa 7 yil muddatga parlament
                                 saylaydigan boʻldi. De Goll yana prezident etib saylandi.





                                    1. 1969-yil oxirida boʻlib oʻtgan saylovda Jorj Pompidu respub-
                                 lika  prezidenti etib saylandi. Islohotlar boshlanib, ijtimoiy-iqtisodiy
               Jorj Pompidu      hayotning davlat tomonidan tartibga solinishi yumshadi.
                                    2. Ijtimoiy qonunchilik takomillashdi.
                                    3. AQSH bilan munosabatlar yaxshilandi.


                                    1.  1981-yilgi  saylovlarda  birinchi  marta  sotsialist  Fransua
                                 Mitteran  Fransiya  prezidenti  etib  saylandi.  Shu  yili  boʻlib  oʻtgan
                                 parlament saylovlarida ham Sotsialistik partiya juda katta yutuqqa
                                 erishdi.
                  Fransua           2. Soʻl kuchlarning hamkorlikdagi dasturida koʻpchilik fran suzlar
                  Mitteran       manfaatiga mos boʻlgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar koʻzda
                                 tutildi.
                                    3.  Banklar  va  sanoatning  koʻplab  sohalari  natsionalizatsiya
                                 qilindi.




                                           O‘ylab ko‘rib xulosa chiqaring!


                                       1960-yillari  Fransiya  ekonomikasini  modernizatsiya
                                     qilish davom etdi. Uning strukturasi jiddiy o‘zgarishlarga
                                     yuz tutdi. Xo‘jalikning an’anaviy sohalarini rekonstruksiya
                                     qilish  davom  etdi.  Ayniqsa,  ilmiy-texnik  taraqqiyotni
                    belgilab  beruvchi  zamonaviy  sohalar  jadal  rivojlandi.  Umuman  o‘n  yil
                    ichida (1956–1966) sanoat ishlab chiqarishi hajmi 60% ga o‘sdi.
                      Taraqqiyot sabablarini tahlil qiling.








                                                         117
   112   113   114   115   116   117   118   119   120   121   122