Page 122 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 122
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi 1. 1945-yili Germaniya hududi o‘ta achinarli qiyofada edi. Ittifoqchilar
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA aviatsiyasi Hamburg, Drezden, Berlin, Myunxen, Nyurnberg va Rur
koʻmir-metallurgiya havzasi shaharlarini vayron qilib tashlagandi.
2. 1949-yilda Parlament kengashi Germaniya Federativ Respubli-
ka sining Asosiy qonunini tasdiqladi. U GFRni demokratik, federativ
davlat deb eʼlon qildi, fuqarolarning asosiy huquq va siyosiy erkinliklarini
belgilab berdi.
3. 1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat – Germaniya Federativ Res-
Germaniya
pub lika si (GFR) tashkil etilganligi eʼlon qilindi. Bonn shahri yangi
davlatning poytaxti boʻldi.
4. Germaniyaning koʻzga koʻringan siyosiy arbobi Konrad Adenauer
kansler etib saylandi.
5. 1949-yil 7-oktyabrda SSSRning okkupatsiya zonasi boʻlgan
shar qiy qismida Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil
qilindi.
3-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilardan Germaniya va Italiya davlatlari hududlarini
xaritadan ko‘rsatishni so‘raydi.
122