Page 127 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 127
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: G‘arbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonla-
rini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: G‘arbiy Yevropada iqtisodiy va
siyosiy integratsiya jarayonlari manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali
vositalar yordamida G‘arbiy Yevropaning mazkur mamlakatlari taraqqiyotidagi hal
qiluv chi omillarni ko‘rsatib berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi G‘arbiy Yevropa, iqtisodiy integratsiya, siyosiy integratsiya kabi
atamalarning mohiyatini tushunib oladi;
• G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari haqidagi tarixiy METODIK QO‘LLANMA
faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy
integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlarini tahlil qiladi;
METODIK QO‘LLANMA
• G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq
muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlariga o‘zining
mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirgan bilimlari asosida “G‘arbiy Yevropa mamlakatlari Ikkinchi jahon urushi
yillarida” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini G‘arbiy
Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlariga oid quyidagi jadvalga
qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.
1-jadval G‘arbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari
Yillar Tarixiy voqealar
Dunyoning rivojlangan davlatlari oʻrtasida Tariflar va savdo boʻyicha
bosh kelishuv (TSBK) imzolandi. Bu kelishuvda ishtirok etgan davlatlar
import mahsulotlariga boj soligʻini kamaytirish hisobiga tashqi savdoni
1947-yil rivojlantirishga koʻmaklashish majburiyatini oldilar. Natijada TSBK
doirasi kengayib, Gʻarbiy Yevropa chegaralaridan chiqdi va unga Osiyo,
Afrika hamda Lotin Amerikasining koʻplab mamlakatlari ham qoʻshildi.
Keyinchalik TSBK Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aylantirildi.
Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT) tuzildi. Dastlab bu
tashkilotning vazifasi urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash uchun
1948-yil “Marshall rejasi” boʻyicha AQSH Yevropa mamlakatlariga koʻrsatgan
yordamni taqsimlashdan iborat edi. Keyin u koʻp tomonlama iqtisodiy
maʼlumotlarni almashish, iqtisodiy maslahatlar forumiga aylandi.
127