Page 130 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 130

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi                            1.  Bu  iqtisodiyotning  asosiy  sohalarini  davlatning  oʻzi



               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   rivojlantirishini  koʻzda  tutardi.  Masalan,  Fransiyada  sanoat

                                         mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmini  ikki  barobar  oshirish
                                         imkonini bergan modernizatsiya natijasida koʻmir va gaz ishlab
                                         chiqarish, aviatsiya, avtomobilsozlik sanoatlarining katta qismi
                                         davlat mulkiga aylantirildi.
                                            2.  1980-yillari  iqtisodiyotning  muhim  sohalarini  davlat
                     Ikkinchi model
                                         tomonidan nazorat qilishga intilish va yuqori soliqlar oqibatida
                                         transmilliy  korporatsiyalar  oʻz  kapitalini  Fransiyadan  chiqarib
                                         keta  boshladi.  Oqibatda  iqtisodiy  oʻsish  surʼatlari  pasaydi.
                                         Kapitalning  chiqib  ketishini  toʻxtatish  uchun  Fransiya
                                         neokonservatizm tajribasiga murojaat qilib, davlat korxonalarini
                                         qisman xususiylashtirdi, soliqlarni pasaytirdi. Bu sal oldin Buyuk
                                         Britaniyada boshlangan, GFR va Gʻarbiy Yevropaning boshqa
                                         mamlakatlarida olib borilayotgan siyosatga mos edi.




                     7-topshiriq. Darsni mustahkamlash uchun mantiqiy topshiriq.



                                                O‘ylab ko‘rib xulosa chiqaring!



                                             1957-yili  YKPB  ishtirokchilari  tomonidan  Yevropa
                                            birli gini  rivojlantirish  uchun  juda  katta  ahamiyatga
                                          ega  bo‘lgan  ikkita  hujjat:  Yevropa  iqtisodiy  hamjami-
                                          yatini (YIH)ni tu zish haqida Rim shartnomasi va Atom
                          energiyasi  bo‘yicha  Yevropa  hamjamiyati  (YEVROATOM)ni  tu zish
                          bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ular 1958-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.
                          Barcha  mahsulot  turlarining  umumiy  bozori  yaratildi,  tovarlar,  kapital,
                          xizmatlar    va    ishchi    kuchi ning    erkin   harakatlanish     prinsi-
                          pi  joriy  qilindi.  Bu  prinsipni  soliq  va  ijtimoiy  siyosatning  yagona
                          standartlarini  qabul  qilmasdan,  qonunchilik  bazasini  bir  xil  ko‘rinishga
                          keltirmasdan amalga tatbiq qilish mumkin emasdi.




                     Muammolarni  hal  qilish  integratsiyalashuv  jarayonining  asosiy  vazifalari  sifatida
                  belgilandi. Ilk bor milliy organlardan yuqori turuvchi tashkilotlar shakllantirildi: Yevropa
                  Kengashi  qonunchilik  organiga,  Yevropa  hamjamiyati  komissiyasi  (Yevrokomissiya)
                  ijro organiga aylandi. Maxsus sud tashkil qilindi. Integratsiya masalalarini hal qilishda
                  ular to‘g‘ridan to‘g‘ri, yaʼni milliy hukumatlar va parlamentlar tasdig‘isiz joriy etiluvchi
                  qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo‘ldi.
                     III. Refleksiya bosqichi.
                     8-topshiriq.  “G‘arbiy  Yevropada  iqtisodiy  va  siyosiy  integ rat siya  jarayonlari”
                  mavzusida asoslangan esse yozish.




                                                            130
   125   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135