Page 133 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 133
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlarida diktatura va
demokratiya jarayonlarini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Janubiy va Shimoliy Yevropa
mamlakatlaridagi diktatura va demokratiya jarayonlari manzarasini ochib berish;
aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida mazkur mamlakatlar taraqqiyoti-
dagi hal qiluvchi omillarni ko‘rsatib berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi Janubiy Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Yevropa, diktatura, demokra-
tiya kabi tushunchalarning mohiyatini tushunib oladi;
• Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi diktatura va demokratiya METODIK QO‘LLANMA
jarayonlari haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlariga
oid maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi diktatura va demokratiya
METODIK QO‘LLANMA
jarayonlarini tahlil qiladi;
• Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi diktatura va demokratiya
jarayonlari bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi diktatura va demokratiya
haqidagi fikrga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga
avval o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari-
ning urushdan oldingi taraqqiyoti” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Janubiy va Shimoliy Yevropa
mamlakatlarida sodir bo‘lgan ayrim muhim voqealar aks etgan quyidagi jadvalga
qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.
1-jadval Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari: diktatura va
demokratiya jarayonlari
Yillar Tarixiy voqealar
BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul
Ispaniya qilmaslik toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qildi va tashkilotga aʼzo boʻlgan
1946-yil davlatlarga Ispaniya bilan diplomatik munosabatlarni uzish tavsiya
etildi.
Ispaniya Franko vafot etdi. Shu yili qirol Xuan Karlos I taxtga oʻtirdi va davlat
1975-yil boshligʻi lavozimini egalladi.
A. Salazar vafot etdi. Bosh vazir lavozimini egallagan Marselu
Portugaliya Kaetanu diktatorlik rejimini saqlab qolishni oʻzining asosiy vazifasi deb
1968-yil
bildi.
133