Page 138 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 138

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                                       KPSS XX syezdida N. Xrushchyov “Shaxsga sigʻinish va uning
                                       oqibatlari toʻgʻrisida” degan mavzuda nutq soʻzladi. Bu nutq sovet
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   1956-yil fevral  oshirgan  jinoyatlar  koʻlamini  anglash  jarayonini  boshlab  berdi.
                                       totalitar tuzumining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga

                                       Jamiyatda, oʻta ochiq boʻlmasa-da, bu muammolar keng miqyosda
                                       muhokama  qilina  boshladi.  Ayni  paytda  XX  syezd  xalqaro
                                       kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik
                                       tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi. Diktatorning oʻlimidan
                                       soʻng davlat boshqaruvi tizimini desentralizatsiyalash, ommaning
                                       faolligini  ragʻbatlantirish,  baʼzi  boshqaruv  funksiyalariga  ularni
                                       jalb qilish sari yoʻl tutildi.

                                       Dunyoda birinchi kosmonavt Yuriy Gagarinning koinotga parvozi
                        1961-yil
                        12-aprel       odamlarni  sovet  xalqi  uddalay  olmaydigan  vazifa  yoʻqligiga
                                       ishontirdi.

                                       Oktyabrda  boʻlib  oʻtgan  KPSS  Markaziy  Komiteti  plenumi
                                       N.  Xrushchyovni  barcha  lavozimlaridan  ozod  qildi.  KPSS  MK
                        1964-yil
                                       Birinchi  sekretari  etib  Leonid  Brejnev,  SSSR  Ministrlar  Soveti
                                       Raisi etib Aleksey Kosigin tayinlandi.


                     3-topshiriq. Xarita bilan ishlash. O‘quvchilar sinfdagi mavjud dunyoning siyosiy
                  xarita sidan sobiq Sovet Ittifoqi hududini bugungi kun bilan bog‘lab ko‘rsatadi.




































                     4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
                     1. Sovet Ittifoqida amalga oshirilgan islohotlar va mamlakatdagi sotsialistik tizimning
                  inqirozi, imperiyaning tugatilishi.
                     2. Ikkinchi jahon urushining yakuni va uning SSSRga taʼsiri.




                                                            138
   133   134   135   136   137   138   139   140   141   142   143