Page 135 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 135
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
2-jadval
Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari
A B
Ispaniya Portugaliya
D
Gretsiya METODIK QO‘LLANMA
III. Refleksiya bosqichi.
6-topshiriq. Esse yozish. “Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari: diktatura va
demokratiya” mavzusida asoslangan esse yozish.
7-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.
3-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 Janubiy Yevropa
2 Potsdam konferensiyasi
3 Assambleya
4 “Ochiq iqtisod” kursi
8-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Nechanchi yilda BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul
qilmaslik toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qildi? 1946-yil.
2. 1975-yili Ispaniyada kim qirollik taxtiga oʻtirdi va davlat boshligʻi lavozimini egal-
ladi? Xuan Karlos I.
3. Portugaliyada 1968-yili A. Salazar vafot etdi va uning o‘rnida Bosh vazir lavozimini
egallagan kim diktatorlik rejimini saqlab qolishni oʻzining asosiy vazifasi deb bildi?
Marselu Kaetanu.
4. Portugaliyada armiyada rejimga qarshi qanday tashkilot tuzildi? “Kapitanlar
harakati” tashkiloti.
5. Nechanchi yilda Gretsiya YIH tashkilotining teng huquqli aʼzosiga aylandi?
1981-yil.
6. Gretsiyada 1967-yildagi isyonlar natijasida hokimiyatga kelgan rejim diktaturasi
qanday nom oldi? “Qora polkovniklar”.
Uy vazifasi
Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi diktatura
va demokratiya jarayonlarini oʻzida aks ettiruvchi
videorolik tayyorlang.
135