Page 137 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 137

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               Darsning maqsadi: Sovet Ittifoqidagi islohotlar va imperiyaning inqirozini tushun-
            tirib berish.
               Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Sovet Ittifoqidagi islohotlar va inqi-
            roz, imperiyaning  tugatilishi  bilan  bog‘liq  manzaralarni  ochib  berish;  aniq  dalillar  va
            ko‘rgazmali vositalar yordamida SSSR taraqqiyotidagi hal qiluvchi omillarni ko‘rsatib
            berish.

               Darsdan kutiladigan natijalar:
               • o‘quvchi Sovet Ittifoqida, islohotlar, Inqiroz, imperiya kabi atamalarning mohiyatini
            tushu nib oladi;
               •  Sovet  Ittifoqidagi  islohotlar  va  inqiroz,  imperiyaning  tugatilishi  haqidagi  tarixiy   METODIK QO‘LLANMA
            faktlarni bilib oladi;
               • topshiriqlarni bajarish jarayonida Sovet Ittifoqidagi islohotlar va inqiroz, imperiya-
            ning tugatilishi bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
               • Sovet Ittifoqidagi islohotlar va inqiroz, imperiyaning tugatilishini tahlil qiladi;
                                                                                                           METODIK QO‘LLANMA
               • mavzuga doir muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
               • imperiyaning tugatilishi haqidagi fikrga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
               Darsning borishi:
               I. Faollashtiruvchi bosqich.
               1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
            o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Sovet Ittifoqi Ikkinchi jahon urushi yillarida” mavzusida
            erkin yozish topshirig‘ini beradi.
               II. Asosiy bosqich.
               2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Sovet Ittifoqida amalga oshirilgan
            islohotlar  va  kommunistik  harakat  inqirozining  boshlanishi  bilan  bog‘liq  quyidagi
            jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.

                1-jadval                       Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz



                    Yillar                                 Tarixiy voqealar

                                  “Marshal rejasi” boʻyicha yordam olgan Gʻarb davlatlaridan farqli
                                  ravishda SSSR iqtisodiyotni toʻliq ichki resurslar hisobiga oʻz ku-
                                  chi  bilan  tikladi.  Faqat  Germaniya  toʻlagan  repa ratsiya  sezilarli
              1948–1952-yillar
                                  rol oʻynadi, bu pullar sanoatda oʻrnatilgan uskunalar xarajatining
                                  yarmini taʼminladi va boshqa sohalarda ilmiy-texnik taraqqiyotga
                                  turtki boʻldi.


                                  I.  Stalin  vafot  etdi.  Hokimiyatni  boshqa  shaxsga  oʻtkazishning
                                  legitim yoʻli boʻlmaganligi sababli uni egallash uchun kurash avj
                                  oldi.  Hokimiyatga  rasman  diktatorning  eng  yaqinlaridan  iborat
              1953-yil 5-mart
                                  kollektiv  rahbariyat  keldi.  Ammo  ular  oʻrtasida  hokimiyat,  ayni
                                  paytda jamiyatdagi oʻzgarishlar yoʻnalishini tanlash uchun kurash
                                  avj oldi. Bu kurashda Nikita Xrushchyov gʻolib chiqdi.





                                                         137
   132   133   134   135   136   137   138   139   140   141   142