Page 141 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 141

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi


                                           Qo‘shimcha maʼlumot

                  MDHning tashkil topishi. 1991-yilning kuziga kelib barcha sobiq respublikalar
               SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. 1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya prezi-
               denti B. Yelsin, Ukraina Prezidenti L. Kuchma va Belorussiya Oliy Sovetining raisi
               V. Shushkevich Beloveje o‘rmonzoridagi (Belorussiya) ovchilar uyida to‘planib,
               SSSR  o‘z  faoliyatini  tugatganligini  va  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  (MDH)
               tuzilganligini e’lon qildi. 1991-yil 25-dekabr kuni M. Gorbachyov o‘zidan davlat
               vakolatlarini soqit qilganligi to‘g‘risida bayonot berdi.                                   METODIK QO‘LLANMA
                  1991-yil 13-dekabrda Ashxobod shahrida beshta Markaziy Osiyo respublikalari
               rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib, unda aʼzo davlatlarning tengligi va barchasining
               MDH taʼsischisi maqomi tan olinishi sharti bilan ittifoqqa qo‘shilishi maʼlum qilindi.
               1991-yil  dekabrda  Olmaotada  bo‘lib  o‘tgan  uchrashuvda  deklaratsiya  qabul
               qilinib, SSSR xalqaro huquq subyekti va geosiyosiy reallik sifatida o‘z faoliyatini
               tugatganligi  taʼkidlandi.  Shu  yil  oxirigacha  Boltiqbo‘yi  respublikalari  –  Latviya,
               Litva,  Estoniyadan  tashqari,  barcha  sobiq  sovet  respublikalari  MDH  tarkibiga
               kirdilar.
                  SSSRning tarqalib ketishi sobiq respublikalar  o‘rtasidagi  an’anaviy  iqtisodiy
               aloqalarning  ham  buzilishiga  olib  keldi.  Ayniqsa,  Rossiya  bilan  sobiq  sovet
               respublika lari o‘rtasida munosabatlarni yangidan qurish ancha murakkab kechdi.
               Bunga Rossiyaning og‘ir iqtisodiy ahvolidan tashqari psixologik omil ham sabab
               bo‘ldi. Mustaqillikka erishgan sobiq sovet respublikalari qaytadan Rossiya taʼsiriga
               tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qildilar. Rossiyaning iqtisodiy,
               texnologik va harbiy imkoniyatlari kamayishi sababli uning xalqaro maydondagi
               obro‘si ham pasayib ketdi. XX asrning so‘nggi o‘n yilida Rossiyaning jahon xo‘jalik
               aloqalaridagi ishtiroki keskin qisqardi. Ayni paytda Rossiya iqtisodiyotining tashqi
               bozorga qaramligi oshib ketdi. Yugoslaviya, Iroq kabi keskin xalqaro muammolarni
               hal qilishda ham Rossiya deyarli ishtirok etmadi.
                  Bugungi kunga kelib MDHdan tashqari, mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham
               paydo  bo‘ldi.  Shanxay  Hamkorlik  tashkiloti  (SHHT),  Bojxona  Ittifoqi  shular
               jumlasidandir.  O‘zbekiston  Respublikasi  bu  tashkilotlar  faoliyatida  o‘zaro
               manfaatdorlik va tenglik tamoyillari asosida qatnashib kelmoqda.


               III. Refleksiya bosqichi.
               6-topshiriq.  Esse yozish.  “Sovet  Ittifoqida  islohotlar  va  inqiroz:  imperiyaning
            tugatilishi” mavzusida asoslangan esse yozish.
               7-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.

                                                     4-jadval


              T/r           Atamalar                                     Izohi

               1   Reparatsiya

               2   Yengil sanoat




                                                         141
   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145   146