Page 145 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 145

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                                     Chexoslovakiyada  tub  burilish  yuz  berdi.  Bu  paytga  kelib
                                  kommunistlar  bilan  ularning  siyosiy  muxoliflari  oʻrtasidagi
                                  ziddiyat  eng  keskin  darajaga  yetdi.  Kommunistik  partiya  vakili
                                  Klement  Gotvald  boshqarayotgan  hukumat  tarkibidagi  burjua
                                  partiyalari vakillari isteʼfoga chiqishdi. Yangi hukumatda asosiy
                                  rahbarlik oʻrinlarini kommunistlar egalladi. Shu tariqa tinch yoʻl
               1948-yil fevral
                                  bilan  hokimiyat  almashinuvi  amalga  oshirildi.  1948-yil  iyunda
                                  K.  Gotvald  prezident  etib  saylandi.  1949-yilga  kelib  Albaniya,
                                  Bolgariya,  Vengriya,  Polsha,  Ruminiya,  Chexoslovakiya,
                                  Yugoslaviyada kommunistik partiyalar toʻliq hokimiyatni egalladi.        METODIK QO‘LLANMA
                                  1949-yili  oktyabrda  tashkil  topgan  Germaniya  Demokratik
                                  Respublikasi (GDR) ham shu safga qoʻshildi.
                                     SSSRda  Stalin  shaxsiga  sigʻinishning  qoralanishi  koʻplab
                                  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  Stalin  davrida  hokimiyatga
                   1956-yil
                                  kelgan  va  u  qoʻllab-quvvatlagan  rahbarlarning  almashinishiga
                                  olib keldi.

                                     Vengriyada Imre Nad boshchiligidagi yangi hukumat tomoni-

                   1956-yil       dan hokimiyatning totalitar tizimini buzish, koʻppartiyaviylik tizimi-
                                  ga oʻtish uchun qilingan harakat totalitar rejimga qarshi demokra-
                                  tik inqilobga aylanib ketdi.

                                     Sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi barqaror ravishda yiliga
                                  6–8% darajasida saqlanib qoldi. Markaziy va Sharqiy Yevropa
               1970-yillarning    mamlakatlari  iqtisodiyoti  ekstensiv  xarakterda  edi.    Ammo
               birinchi yarmi
                                  1980-yillarda sotsialistik mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli yanada
                                  yomonlashdi.

               3-topshiriq. Xarita bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilardan Markaziy va Sharqiy
            Yevropa mamlakatlari hududlarini xaritadan ko‘rsatishni so‘raydi.
               4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
               1.  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  totalitarizm  va  demokratiya
            muhitining vujudga kelishi.
               2. Ikkinchi jahon urushining yakuni va uning mazkur davlatlarga taʼsiri.
               3.  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlaridagi  totalitarizm  va  demokratiya
            jarayonlarida vujudga kelgan muammolar.
               4. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining totalitarizm va demokratiya dav-
            ridagi ichki va tashqi siyosati.

                                          O‘ylab ko‘rib xulosa chiqaring!

                                       Asosan  tinch  yo‘l  bilan  amalga  oshirilgan  demokratik
                                    inqiloblar  natijasida  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari
                                    Varshava Shartnomasi tashkiloti faoliyatida qatna shishdan
                                    bosh  tortdi  va  bu  tashkilot  tarqalib  ketdi.  Shuningdek,
                                    O‘zaro  iqtisodiy  yordam  kengashi  ham  o‘z  faoliyatini
                    tugatdi.  Sharqiy  Yevropa  davlatlari  rivojlanishning  iqtisodiy  va  siyosiy
                    yo‘nalishi qilib Yevropa Ittifoqini tanladilar.





                                                         145
   140   141   142   143   144   145   146   147   148   149   150