Page 150 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 150

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     Darsning maqsadi: Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishi-
                  ning asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib berish.
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   ko‘rgazmali vositalar yordamida  mazkur  mamlakatlar taraqqiyotidagi hal qiluvchi
                     Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi
                  mamlakatlari  rivojlanishining  asosiy  yo‘nalishlarini  ochib  berish;  aniq  dalillar  va


                  omillarni ko‘rsatib berish.
                     Darsdan kutiladigan natijalar:
                     • o‘quvchi Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi rivojlanish yo‘nalishlari kabi tushun cha-
                  larning mohiyatini tushunib oladi;
                     • Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalish-
                  lari haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
                     • topshiriqlarni bajarish jarayonida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
                  rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
                     • Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ro‘y bergan voqealarni tahlil
                  qiladi;
                     • Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishi bilan bog‘liq muhim
                  ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
                     • Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalish-
                  lariga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.

                     Darsning borishi:
                     I. Faollashtiruvchi bosqich.
                     1-topshiriq.  O‘zlashtirilgan  bilimlarni  takrorlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga
                  avval o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
                  Ikkinchi jahon urushi yillarida” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq.  O‘qituvchi  o‘quvchilarning  diqqatini  Osiyo, Afrika  va  Lotin Amerikasi
                  mamlakatlari rivojlanishidagi muhim sanalar va voqealar berilgan quyidagi jadvalga
                  qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.


                        1-jadval                Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
                                                     tarixidagi muhim sana va voqealar




                         Yillar                                 Tarixiy voqealar

                                       Tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi. Shu yili qitʼadagi 17 ta mustamlaka
                        1960-yil
                                       mamlakat oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.

                                       Hindiston mustaqillikka erishgandan soʻng, u diniy belgi asosida
                                       ikkita davlatga – Hindiston Ittifoqi va Pokistonga ajralib ketdi,
                        1947-yil
                                       millionlab  kishilar  qochoqlarga  aylandi,  ikki  davlat  oʻrtasida  bir
                                       necha marta harbiy mojarolar boʻlib oʻtdi.

                                       Falastinning arab va yahudiy davlatlariga boʻlinishi Yaqin Sharqda
                        1947-yil
                                       doimiy tanglik oʻchogʻini vujudga keltirdi.





                                                            150
   145   146   147   148   149   150   151   152   153   154   155