Page 146 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 146

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     5-topshiriq. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi va o‘quvchilardan
                  uni to‘ldirishni so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   Polsha   Vengriya
                                                           2-jadval
                                       Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari













                                                     Chexoslovakiya





                                                 Qo‘shimcha maʼlumot
                        O‘zgarishlar boshqa Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan Yugoslaviyada bir oz
                     murakkab kechdi. Bu mamlakat I. V. Stalin bilan I. B. Tito o‘rtasidagi mojarodan keyin
                     sovetlarning ittifoqlar tizimiga kirmadi, biroq unda shakllangan siyosiy rejim sovet
                     totalitarizmining ko‘plab belgilariga ega edi. Yugoslaviyada 1950-yillari o‘tkazilgan
                     va N. S. Xrushchyov tomonidan qattiq tanqid qilinib, SSSR bilan munosabatlarning
                     yana  keskinlashuviga  olib  kelgan  islohotlar  rejimning  xarakterini  tubdan  o‘zgar-
                     tirmadi.  Bu  islohotlar  ishlab  chiqarishda  o‘zini  o‘zi  boshqarish  modelining  joriy
                     qilinishini, bozor iqtisodi elementlarining rivojlanishini nazarda tutgan va boshqa
                     Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan kengroq mafkuraviy erkinlikka yo‘l
                     ochgan edi. Ayni paytda yagona partiya – Yugoslaviya kommunistlar ittifoqining
                     hokimiyatga bo‘lgan monopoliyasi va uning lideri I. B. Titoning alohida roli saqlanib
                     qoldi.
                        Yugoslaviyadagi mavjud siyosiy rejim mazkur davlatning o‘z taraqqiyoti mah-
                     suli bo‘lib, SSSRning yordamiga tayanmagan edi. Shu sabali I. Tito vafot etgan-
                     dan  so‘ng  sovetlardagi  qayta  qurish  va  demokratizatsiyalash  boshqa  Sharqiy
                     Yevropa mamlakatlariga nisbatan Yugoslaviyaga kamroq taʼsir qildi.
                        Ammo ijtimoiy tuzumning asoslarida yuz bergan o‘zgarishlar milliy munosabatlar-
                     ga ham taʼsir etmasdan qolmadi. Ilgari har bir davlatni qat’iy markazlashgan tuzumlar
                     yagona davlat tarzida birlashtirib turgandi. Bu tuzumlarning qulashi faqat millatlarning
                     o‘z taqdirini o‘zi belgilashi uchun emas, millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi
                     uchun ham imkoniyat yaratdi. 1991–1992-yillari Yugoslaviya davlati tarqalib ketdi.
                     Yugoslaviya  tarkibida  ilgarigi  oltita  respublikadan  faqat  ikkitasi  –  Serbiya  va
                     Chernogoriya qoldi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya
                     mustaqil davlatlarga aylandi. Biroq bu parchalanish etnik ziddiyatlarning keskin-
                     lashuviga olib keldi.
                        1990-yildan keyin Serbiyada aholisining 90% ini albanlar tashkil qiluvchi Kosovo
                     avtonom  o‘lkasi  bilan  bog‘liq  inqiroz  vujudga  keldi.  O‘lkaning  avtonomiyasini
                     cheklash  Kosovo  Respublikasining  e’lon  qilinishiga  olib  keldi.  Qurolli  mojaro
                     boshlandi. 1990-yillar oxirida xalqaro tashkilotlar vositachiligida Serbiya rahbarlari






                                                            146
   141   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151