Page 151 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 151

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                  1949-yil       Xitoyda  fuqarolar  urushi  Xitoy  Xalq  Respublikasi  eʼlon  qilinishi
                 1-oktyabr       bilan yakunlandi.


                                 Lotin  Amerikasi  mamlakatlarining  koʻpchiligida  demokratik
                 1950-yillar
                                 yoʻnalishdagi hukumatlar faoliyat boshladi.


               3-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
               1. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlar-
            ning vujudga kelishi.                                                                          METODIK QO‘LLANMA
               2. Ikkinchi jahon urushining yakuni va uning mazkur davlatlarga taʼsiri.
               3. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalish lari
            bilan bog‘liq muammolar.
               4. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati.
               4-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘quvchilarga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi
            mamlakatlari  rivojlanishining  asosiy  yo‘nalishlarini  jadval  tarzida  to‘ldirish  vazifasi
            beriladi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).



                  2-jadval                Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
                                              rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari



                 Taraqqiyot                                Tarixiy voqelik
                 yo‘nalishi

                                    Bu  bitta  shaxs  (yoki  guruh)  hokimiyatining  almashmasligi-
                                 ga asos langan nodemokratik siyosiy rejim. Unda fuqarolarning
                                 maʼlum  iqtisodiy,  siyosiy  va  boshqa  huquqlari  saqlanib  qoladi.
                                 Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining koʻpchiligida
                                 mustaqillik yillari avtoritar rejimlar oʻrnatildi. Bu koʻpchilik hollar-
                                 da ushbu mamlakatlarda shakllangan rivojlanish modeli va diniy
                Avtoritarizm
                                 eʼtiqodlar  bilan  bogʻliq.  Bir  qator  davlatlarda  avtoritar  rejimlar
                                 modernizatsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish mum-
                                 kinligini koʻrsatdi. Braziliya, Argentina, Chili oʻrtacha rivojlanish
                                 darajasiga  yetdi.  Ammo  Osiyo  va  Afrikadagi  aksariyat  avtori-
                                 tar rejimlar jamiyatning inqiroziga, iqtisodiy tanazzulga, koʻplab
                                 odamlarning nobud boʻlishiga olib keldi.


                                    Mustaqil taraqqiyot yoʻliga kirgan mamlakatlarda modernizatsi-
                                 ya yoʻlini tanlash murakkab jarayonga aylandi. Bir qism davlatlar
                                 kechagi  mustamlakachilarga  ergashishni  istamadi  va  mustaqil
                    Milliy       modernizatsiya  yoʻlini  tanladi.  Ularning  koʻpchiligida  hali  oʻta
               modernizat siya   qoloq ijtimoiy munosabatlar hukmron edi. Ishga yaroqli aholining
                                 juda  katta  (baʼzi  mamlakatlarda  90%  gacha)  qismi  qishloq
                                 xoʻjaligida band edi. Texnika bilan taʼminlanganlik darajasi ham
                                 juda past edi.





                                                         151
   146   147   148   149   150   151   152   153   154   155   156