Page 147 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 147
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
va Kosovo albanlari o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan o‘zgarishlar sezilarli xalqaro siyosiy
oqibatlarga olib keldi. 1990-yillar boshida O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi va
Varshava Shartnomasi Tashkiloti tarqalib ketdi. 1991-yili Vengriya, Sharqiy
Germaniya, Polsha, Chexoslovakiyadan sovet qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Bu
hududdagi mamlakatlarni G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy va harbiy-siyosiy
tashkilotlari o‘ziga jalb qildi. Ular XXI asr boshlarida NATO va YIga aʼzo bo‘ldilar.
III. Refleksiya bosqichi. METODIK QO‘LLANMA
6-topshiriq. Esse yozish. “Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari totalitarizm va
demokratiya oralig‘ida” mavzusida asoslangan esse yozish.
7-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.
3-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 Koalitsion hukumat
2 Burjua
3 Okkupant
4 Shaxsga sigʻinish
5 Sotsialistik lager
6 Siyosiy lider
8-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Chexoslovakiyada tub burilish qachon yuz berdi? 1948-yil fevralda.
2. 1948-yilgi voqealardan so‘ng Chexoslovakiya hukumatida rahbarlik o‘rinlarini qaysi
partiya vakillari egallashdi? Kommunistlar.
3. Nechanchi yilda Sharqiy Yevropa mamlakatlari tarixida Stalin davrida hokimiyatga
kelgan va u qoʻllab-quvvatlagan rahbarlarning almashish jarayoni kuzatildi? 1956-yilda.
4. 1989-yili Polshada qaysi harakat vakillari hokimiyatga keldi? “Birdamlik” harakati.
5. 1990-yili Vengriya Xalq Respublikasi qanday nom bilan oʻzgartirildi? Vengriya
Respublikasi.
6. 1992-yilgi saylovlarda kim Albaniya prezidenti etib saylandi? Sali Berisha.
Uy vazifasi
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi
totalitarizm va demokratiya jarayonlarini aks ettiruvchi
jadval tayyorlang.
147